“Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik fuqarolar hamjihatligining asosi”

Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947 sonli Farmonining beshinchi xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash yo‘nalishining ijrosini ta’minlash  maqsadida joriy yilning 28 mart kuni “Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik fuqarolar hamjihatligining asosi” mavzuidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bщlib o‘tdi. Unda Rus pravoslav cherkovi otasi Sergey Nikolaev, O‘zbekiston musulmonlar idorasi bosh mutaxassisi Ilhom Ma’rupov, DXX xodimi T.Timerbulatovlar ishtirok etdi. Tadbir davomida ma’ruzachilar tomonidan Hozirgi globallashuv jarayonida diniy bag‘rikenglik muammosi jahon hamjamiyati davlatlari uchun g‘oyat dolzarb masalalardan biri hisoblanishini, millat va din vakillarining milliy an’ana va qadriyatlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ezgu ishlar, ko‘rsatilayotgan ulkan e’tibor va  g‘amho‘rliklar, yaratilayotgan barcha imkoniyat va sharoitlar haqida so‘z yuritishdi. Tadbir boshida talabalar diqqatiga “Tugatilgan misiya” filьmi namoyish etildi. Berilgan barcha savollarga mehmonlar tomonidan aniq, to‘liq javoblar berildi va hayotiy misollar bilan to‘ldirildi. O‘tkazilgan davra suhbati talabalarning huquqiy madaniyatini oshirishda, o‘z hatti-harakatlariga nisbatan mas’uliyat hissini kuchaytirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

adham.s.dr