O’zbekiston bo’ylab sayohat qil, keyingi manzil – Farg’ona

Institutning 45 nafar professor – o’qituvchilari va ishchi – xodimlaridan iborat guruhi institut kasaba uyushma qo’mitasi boshlang’ich tashkiloti bilan hamkorlikda Farg’ona bo’ylab sayohat uyushtirdi. Qo’qon shahriga yetib borgach sayohatchilarimiz “Xudoyorxon o’rdasi”, “Norbo’tabiy o’rdasi” va “Jome masjidi” kabi majmualar bilan tanishdi. Rishton tumaniga yo’l olib kulollar mahallasida bo’lishdi, rishtonlik kulol, bir qancha xalqaro tanlovlar g’olibi, ko’plab […]

Respublika fan olimpiadasining yakuniy bosqichi o’tkazildi

Toshkent temir yo’l muhandislari institutida Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda “Elektrotexnikaning nazariy asoslari” fanidan talabalar Respublika fan olimpiadasining yakuniy bosqichi o’tkazildi. Olimpiada O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq talaba-yoshlarning mutaxassislik va umumkasbiy fanlar bo’yicha qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish, iste’dodlarini ro’yobga chiqarishga keng imkoniyatlar yaratish maqsadida tashkil etildi. […]

Sog’lom oila – jamiyat boyligi

 15-may – Xalqaro oila kuni munosabati bilan Toshkent shahrida “Sog’lom oila – jamiyat boyligi” shiori ostida xotin-qizlar o‘rtasida velomarafon o’tkazildi. Unda korxona-tashkilot va muassasalarda faoliyat ko‘rsatayotgan, oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan xotin-qizlar ishtirok etdi. Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush – tarzini targ‘ib qilish, jismoniy tarbiya va sportning ommaviyligini ta’minlash, xotin-qizlarni sportga keng jalb etish hamda ularning […]