O’zbekiston bo’ylab sayohat qil, keyingi manzil – Farg’ona

Institutning 45 nafar professor – o’qituvchilari va ishchi – xodimlaridan iborat guruhi institut kasaba uyushma qo’mitasi boshlang’ich tashkiloti bilan hamkorlikda Farg’ona bo’ylab sayohat uyushtirdi.

Qo’qon shahriga yetib borgach sayohatchilarimiz “Xudoyorxon o’rdasi”, “Norbo’tabiy o’rdasi” va “Jome masjidi” kabi majmualar bilan tanishdi. Rishton tumaniga yo’l olib kulollar mahallasida bo’lishdi, rishtonlik kulol, bir qancha xalqaro tanlovlar g’olibi, ko’plab asarlar muallifi Said usta Axmedov ustaxonasida bo’lib kulolchilik mahsulotlari, ularning yaratilish jarayoni bilan tanishdi. Marg’ilon shahridagi “Adras”, “Makon” mehmonxonalarida xordiq chiqarishdi.

Sayohatning ikkinchi kunida Marg’ilondagi tarixiy qadamjolardan biri “Pirsiddiq” majmuasida bo’lishdi, “Yodgorlik” an’anaviy shoyi mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishib, ipak qurt yetishtirish, shoyi matolari, atlas va adras to’qish jarayonining bevosita guvohi bo’ldi.

adham.s.dr