Faol murabbiylar taqdirlandi

Elektromexanika fakulteti 234 – auditoriyasida fakultet murabbiylariga murabbiylik faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida seminar uyushtirildi. Ushbu seminarni TTE va TL fakulteti murabbiyi Gulsanam Tilavboyeva taqdimot ko‘rinishida ma’ruza qildi.

Seminar so‘ngida 2017 – 2018 – o‘quv yilining birinchi semestri davomida o‘zining faol murabbiylik faoliyati uchun institut murabbiylar kengashi tomonidan murabbiylarga tashakkurnomalar taqdim etildi.

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi