Institutda kasb kiyimi

Jamoa a’zolari kiyinish madaniyatiga qat’iy rioya qilishlari shart. Ularning institutga odamlar diqqatini tortadigan kiyimda yoki diniy ibodat libosida, metall zanjirlar, to‘g‘nog‘ichlar, tanaga turli munchoqlar qadagan holda, sport kiyim va poyabzalida kelishi taqiqlanadi. Jamoa a’zolari institut hududida orasta bo‘lib, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisining 2006 yil 11 yanvardagi 5N-sonli buyrug‘iga muvofiq, mavsumga mos ravishda temiryo‘lchi kasb kiyimida yurishlari shart. Professor-o‘qituvchilar – kafedralarda, auditoriyalarda, xodimlar – o‘z ish joylarida, talabalar – institut xududida, auditoriyalarda, axborot resurs markazi xonalarida temir yo‘lchilar uchun belgilangan kasb kiyimida, faslga monand ravishda, kiyinib yurishlari shart. SHuningdek, rasmiy yig‘ilish va uchrashuvlarda institutning barcha jamoa a’zolari kasb kiyimida bo‘lishlari shart.

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi