“Iqtisodiyot”da “Bitiruvchi 2018” tadbiri o’tkazildi

“Iqtisodiyot” fakulteti “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi “Bitiruvchi 2018” tadbirini o’tkazdi. Unda “Iqtisodiyot” fakulteti dekani M. Akbarov, dekan o‘rinbosari A. Djalilov, dotsent A. Djumanova, “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi professor – o‘qituvchilari hamda BXA-32 va BXA-33 guruh bitiruvchi talabalari ishtirok etdi.

Tadbir davomida dekan M. Akbarov, dekan o‘rinbosari A. Djalilov, dotsent A. Djumanova so’zga chiqib quyidagilarni ta’kidladi: “Mana bugun BXA-32 va BXA-33 guruh bitiruvchi talabalarini kasb hunarga o‘rgatib, yetuk mutaxassis bo‘lganlaringizga guvoh bo‘lib turibmiz. Shu munosabat bilan sizlarga – temir yo‘l sohasida ulg‘aygan yosh mutaxassislarga oq yo‘l tilab qolamiz. Garchi yosh kadrlarni barkamol etib tayyorlash ustuvor vazifamizdir.

Ishonamizki, kelajakda O‘zbekiston temir yo‘llariga munosib hissa qo‘shib, yuksak marralarga erishasiz. Zero, porloq kelajak – yoshlar qo‘lida”.

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi