Temiryo’lchilar “Megatalant” shou tanlovida bellashdi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O’zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo’llab-quvvatlash to’g’risidagi” Farmoni ijrosini ta’minlash, tizimdagi yoshlarni birlashtirish va faolligini oshirish hamda 30 – iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Yoshlar forumi” doirasida Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti faollar zalida “Megatalant” shou tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovni A. Axunov, Sh. Shodijonova, F. Tursunboyev, Sh. Xusanov va R. Eshonqulovlardan iborat hakamlar hayati baholab bordi.

Quyidagi ishtirokchilar o‘z iste’dodlarini namoyish etdilar:

  1. Safarov Jahongir Sheriyat      Buxoro (MTU)
  2. Muhiddinov Mirzohid Matematika         Lokomotiv depo Termiz (MTU)
  3. Qosimov Doniyor Zarbli cholg‘u      Qo‘qon (MTU)
  4. Ziyoev Avazbek          Maqom       Qo‘qon (MTU)
  5. Jumanazarov Azizbek          Qo‘shiq      (Olmaliq) AGMK
  6. Quvatilloev Elshod Nodir o‘g‘li Sheriyat      Buxoro (MTU)
  7. Iskandarova Dinora Dutor                  Qo‘ng‘irot (MTU)

Tanlov so‘ngida hakamlar hay’ati xulosasiga ko‘ra quyidagilar g‘olib deb topildi: Muhiddinov Mirzohid uchinchi, Iskandarova Dinora ikkinchi o’rinni egalladi. Tanlov g’olibi Avazbek Ziyoev bo’ldi. G’oliblarni poytaxtimizdagi Anhor – Lokomotiv istirohat bog‘ida o’tkaziladigan “Yoshlar forumi”da rag’batlantirish rejalashtirilgan.

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi