O’TMISHI BUYUKDIR, BUGUNI PORLOQ

Buyuk bobolardan meros shu tuproq,

Bugun e’zozlanib surtilur ko’zga.

Kechagi o’tgan kun bugunga saboq.

Buguning poyevor ertangi kunga.

 

Ne zotlar yurt deya erk deya o’tmush,

Bu o’yda bir lahza topmayin orom.

Porloq kunlar uchun zamin yaratgan,

Ajdodlar nomiga buyuk ehtirom.

 

Po’roxning xidlari bizga begona.

Tutun, olov faqat tandirimizda.

Bugun bahtga to’lgan har bir ostona,

Xo’rlik, o’kinch qoldi sandig’imizda.

 

Tiklandi toptalgan asriy qadriyat.

Eslab ardoqlandi buyuk siymolar.

Nega qodirligin bilmoqchi bo’lsang,

Guvohlik beradi ko’hna binolar.

 

Endi ozod tuyg’u, fikr mustaqil,

Yechildi tillarni bog’lagan kishan.

Tasdig’ini topdi bugun shu naql,

Iymondan vatanni sevmoqlik degan.

 

Dunyolar lol qoldi oshib hayrati,

Jahonni zabt etdi o’zbek degan nom.

Xalqning yurtboshiga yuksak hurmati,

Hurlik va tinchlikni etarkan inom.

Davronbek Matvaliyev  AT 27 – guruh talabasi

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi