Yurtboshining nazari tushgan ozod yurt yoshlari

 

“Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz

qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq”[1]   SH.M.Mirziyoyev.

Bugungi kunda dunyo aholisining 2 milliard kishisini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi. O‘zbekiston aholisining 30 foizi yoki 10 million kishisini ham 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi. Bu bir qarashda oddiy statistik ma’lumotlar kabi ko‘rinishi tabbiy hol, albatta. Lekin bu ma’lumotlarni boshqacha, noodatiy tarizda talqin qilib ko‘raylikchi.

Tasavvur qilaylik, zero, inson aqliy taasuroti, tasavvur doirasi cheksiz imkoniyatlarga ega. Deylikki, dunyodagi 2 milliard yoshlardan, 2 million kishisi, O‘zbekiston yoshlaridan esa, tahminan, 2 yuz ming kishisi aynan bizning yoshimdagi yoshlar, ya’ni bizning tengdoshlarimiz. Bu degani, o‘shancha turli ko‘rinishga ega bo‘lgan taqdir, qismat demakdir. Afsuski, hozirda dunyoning qaysidir burchagida qanchadir tengdoshlarimiz qo‘liga qurol olib, razolat botqog‘iga botib, oila, vatan, yurt kabi tushunchalardan yiroqda, g‘aflatda yurishibdi. Qanchadir qismi esa, bir burda nonga zor bo‘lib, toza joylarda yotishni, maktab, oliygohlarda tahsil olishni, bir kecha bo‘lsada tahlikasiz, qo‘rquvsiz uxlashni orzu qilib yashashmoqda. Boshqa burchagida esa, qanchadir tengdoshlarimiz  yurti, vatani ravnaqi uchun bor salohiyatini ishga solib, vatani bayrog‘ini ko‘klarga ko‘tarmoqdalar. Ular, sport ustalari, yosh olimlar,  san’atkor, aktiyor, aktrisa, o‘quvchi, talabadirlar.

Xo‘sh biz-chi? Mustaqil O‘zbekiston yoshlariga bugungi kunda qanday imkoniyatlarga ega, qanday imtiyozlar sohibi?

O‘zbek xalqi azal-azaldan bolajon xalq. Har bir ota-ona bor ekan faqatgina farzandi, uning ertangi kuni, kelajagi uchun borini bag‘shida etib keladi. Zero,

“Bizning tayanchimiz va suyanchimiz bo‘lmish O‘zbekiston yoshlariga qarata aytmoqchiman: boshimizdan kechirayotgan, shiddat bilan o‘zgarib, tobora murakkablashib borayotgan davr barchamizning, birinchi navbatda, siz, aziz farzandlarimizning oldiga zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni, intellektual boyliklarni chuqur egallash, shu bilan birga, mamlakatimizning xalqaro maydonda raqobatdoshligini yangi bosqichga ko‘tarish, iqtisodiyotimizni yangilash, modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, bularni taraqqiyotimizning lokomotiviga aylantirish kabi vazifalarni qo‘ymoqda.

Ayni shu ulkan dolzarb maqsadlarga erishish yo‘lida siz, azizlarning xalqimiz, Vatanimizning ishonchini oqlashga qodir ekaningizga ishonaman va barchangizni doimo qo‘llab-quvvatlashga tayyorman.[2]” –degan edilar O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezdidenti Islom Karimov.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq, yoshlar tarbiyasi, ularning yuksak bilim va salohiyatga ega bo‘lishlari uchun barcha sharoitlar yaratilib berilmoqda. Bunday yuksak ishlarning biri, 2015-yilda O‘zbekistonda “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonunidir. Mazkur qonun bugungi kunda yoshlarning ham manam ham aqlan rivojlanishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratib berdi. Xo‘sh, bu qonunni men qanday tushinaman?

Mazkur savolni javobini topishda ayrim misollarga to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

  • bugun o‘zbek yoshlarini dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida yaxshi bilishadi tanishadi;
  • Rioda bo‘lib o‘tgan XXXI yozgi olimpiada o‘yinlarida o‘zbek sportchilari jami 13ta medal, 4 ta oltin, 2ta kumush va 7 ta bronza bilan, umumiy reytingda 21-o‘rinni egalladi;
  • hozirgi kunda O‘zbekistonnig eng kuchli 20 nafar shaxmatchisidan olti nafari yoshlar terma jamolari a’zolaridir;
  • Javohir Sindorov 11 yoshida “xalqaro toifadagi sport ustasi” unvoniga sazovor bo‘lidi.

Bunday misollarni yana ko‘plab davom ettirishimiz mumkin. E’tiborlisi shundaki, shunday ulkan g‘alabalar sovirndorlari bo‘lmish yoshlar, aynan mustaqillik davri farzandlari va musatqillik tengdoshlaridir.

Mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan e’tiborning yana bir yaqqol ifodasi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2017 yil 5 iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmonini (№PF-5106) keltirish mumkin. Eng e’tiborli jihati shundaki, bugungi kunda ayrim rivojlangan mamalakatlarda ham yoshlar masalasiga bunchalik katta e’tibor bilmayabdi. Prezdidentimiz Shavkat Mirziyoyev har jabhada yoshlarnin faolligini oshirish, bandligini ta’minlash, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida yoshlarning o‘rnini mustahkamlash borasida ulkan ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Ayniqsa, dunyoning turli mamlakatlaridan yig‘ilgan davlat rahbarlari oldida  Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida hali hech bir davlat rahbari ko‘tarib chiqmagan dolzarb mavzuni olib chiqdilar va shunday dedilar; “Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratish, zo‘ravonlik g‘oyasi “virusi” tarqalishining oldini olishdir.

Buning uchun yosh avlodni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, uning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish lozim, deb hisoblaymiz. Shu munosabat bilan O‘zbekiston globallashuv va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadal rivojlanib borayotgan bugungi sharoitda yoshlarga oid siyosatni shakllantirish va amalga oshirishga qaratilgan umumlashtirilgan xalqaro huquqiy hujjat – birlashgan Millatlar Tashkilotining Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqishni taklif etadi. Bizning nazarimizda, mazkur hujjatni imzolaydigan davlatlar ushbu sohani o‘z ijtimoiy siyosatining asosiy va muhim hayotiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri darajasiga ko‘tarish bo‘yicha qat’iy majburiyatlarni o‘z zimmasiga olishi kerak.[3]

Mazkur ma’ruza yig‘ilish qatnashchilari bo‘lmish ko‘plab davlat vasiyost arboblarining e’tiborini tortdi. Darhaqiqat, bugungi kunda biz O‘zbekiston yoshlari mazkur imkoniyatlardan to‘la qonli foydalana olayotganligimizni amliy jihatdan ko‘rsatib bermoqdamiz desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki yuqoridagi va undan tashqari keltiradigan yuzlab misollarimiz mazkur gaplarning amaldagi isbotidir. Mamlakatimiz yoshlari hayotidagi yana bir ulkan o‘zgarish bu – 2017 yil  30-iyun “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi”ning tashkil etilganligi va 30-iyun mamlakatimizda “yoshlar kuni” deb belgilanhanligi bo‘ldi. Shu qisqa vaqt ichida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi juda kata amaliy o‘zgarishlarni ro‘yobga chiqardi. Mamlakatimizdagi barcha yoshlarni yagona ezgu maqsad yo‘lida birlashtirish maqsadida ulkan islohatlarni amalga oshirib kelmoqda.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi mamlakatimiz yoshlarini qiynayotgan muammolar, to‘siqlarni bartaraf etishda asosiy ko‘makdosh bo‘lib kelmoqda. Mazkur tashkilot tashkil topganiga qisqa vaqt bo‘lganligiga qaramasdan juda katta loyhalarni amlga oshirishi natijasida, ko‘plab yoshlarning bandligi ta’minlandi; tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘illanishni istagan yoshlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berildi; ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan yoshlarga alohida e’tibor qaratildi, endilikda ularning caksariyati shaxsiy biznesini yo‘lga qo‘ydi; oliygoh talabalari to‘lov-shartnomasining 35 foizi miqdorigacha yordam olishlari mumkin bo‘ldi;

Bunday misollarni yana yuzlab davom ettirishimiz mumkin, qisqa qilib esa, bularning hammasi ertangi kun egalari, ya’ni bizning imkoniyatlarimiz ekanligini tushinib yetishimiz zarur.

Demak, bugungi o‘zbek yoshlari juda ko‘p tengdoshlarimiz orzu qiladigan shart-sharoitlarga ega ekanmiz. Shunday jannatmakon yurt, oqil, dono va asosiysi yoshlarni, ularning kelajagini o‘ylaydigan yurtboshimiz  borligidan qancha g‘ururlansak arziydi. O‘z navbatida har birimiz bizga bildirilgan ishonchga, yaratilayotgan imkoniyatlarga munosib javob qaytarmog‘imiz, ishonchni oqlamog‘imiz lozim! Buning uchun bizga yetarlicha imkoniyat va shart-sharoit mavjud aziz tengdoshim!

 

“Iqtisodiyot” fakulteti

IQ-177 guruh talabasi

Yorqinjon Alimov

[1] O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-sentabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida nutqdan

[2] “O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezdidenti Islom Karimovning navrO‘z bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi sO‘zi”dan Toshkent 2015.

[3] O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-sentabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida nutqdan

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi