“TTYMI e’tirofi”ga start berildi

Institut faollar zalida 1- oktyabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan “TTYMI e’tirofi” tanlovining tantanali taqdirlash marosimi boshlandi. Eslatib o’tamiz, tanlov institutda faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilar tarkibidan yuqori malakali pedagoglarni aniqlash va rag‘batlantirish, pedagogik faoliyatning nufuzini yanada oshirish, ta’lim va tarbiya sohasidagi innovatsiya texnologiyalarini keng ommalashtirish, pedagogik faoliyatda sog‘lom raqobat va ijodkorlik muhitini yaratish, ularning […]

Korrupsiya – milliy xavfsizlikka tahdid

Toshkent temir yo‘l muhadislari institutida “Korrupsiya – milliy xavfsizlikka tahdid” mavzuida profilaktik tadbir o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurorining murojaat ishlari bo‘yicha yordamchisi – Alisher Majidov, Toshkent Markaziy vokzalida jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik – Farrux Amriyev, huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi xodimlari Ulug‘bek Samandarov, Ulug‘bek Abdullaev, Zafar Kabulov, institut professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok […]

34 – maktabda “TTYMI targ’iboti kuni” o’tkazildi

Institut rektori M.X.Rasulov, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor D.X.Baratov, “Ma’naviyat va ma’rifat” va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’limi boshlig’i F.K.Azimov hamda Yoshlar ittifoqi BT faollari Shayhontohur tumanidagi 34 – maktabda targ’ibot tadbirini o‘tkazdilar. Uchrashuv avvalida O’zbekiston temir yo’llari hamda Toshkent temir yo’l muhandislari instituti haqidagi videorolik qo’yib berildi. Shundan so’ng rektor M.X. Rasulov taqdimot asosida […]

Deputat bilan yuzma-yuz

Institut 234 – auditoriyasida O’zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi bilan hamkorlikda “Xalqaro tinchlik kuni” munosabati bilan “Deputat bilan yuzma-yuz” loyihasi asosida ochiq muloqot o‘tkazildi. Tadbirga O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Mirobod tuman Kengashi raisi Dilfuza Safoyeva, tuman “Yoshlar qanoti”, “Ayollar qanoti” faollari, Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi deputati, Mirobod FHDYO rahbari Gulbahor Qulmatova taklif etildi. […]

An’anaviy “Ta’lim va mutaxassislik” ko’rgazmasi boshlandi

Joriy yilning 20-22-sentabr kunlari O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hamda “Expocontact” kompaniyasi yoshlar ijod saroyida 19-xalqaro “Ta’lim va mutaxassislik” ko’rgazmasini tashkil etmoqda. O’zbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlar o’quv yurtlarida, zamonaviy metodikalar asosida ta’lim berishlari bilan tanishtirish, o’zaro tajriba almashishga ko’maklashish, shuningdek yoshlarga va keng ommaga o’zlarini qiziqtirgan mutaxassisligi bo’yicha bilim olishlari […]

Peterburg Davlat temir yo‘l universiteti delegatsiyasi TTYMIda

Xabaringiz bor ,Toshkent temir yo’l muhandislari instituti ko’plab nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalarini imzolagan. Peterburg Davlat temir yo‘l universiteti – ana shunday hamkor ta’lim muassasalaridan biri. Universitet rektori Panichev Aleksandr Yurevich rahbarligidagi delegatsiya institutimizga tashrif buyurdi. Delegatsiya institut muzeyi, mashg’ulotlar olib boriladigan auditoriyalar, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, ikki […]

Dolzarb masalalarga bag’ishlandi

Institut selektor zalida prorektor D. Baratov fakultet dekan muovinlari va murabbiylar kengashi raislari bilan yig’ilish o’tkazdi. Prorektor murabbiylar kengashi raisligiga o’tkazilgan saylovlar, uning natijalari, yangi o’quv yili, rejalashtirilgan ishlar, murabbiylar kengashi nizomi, murabbiylarning o’tgan yilgi faoliyatini o’rganib chiqish va namunali faoliyat yuritganlarni rag’batlantirish, kasb kiyimini kiyish qoidalariga amal qilish kabi masalalar xususida to’xtaldi. Shuningdek, yig’ilish […]

Iymon-e’tiqodni ma’rifat bilan mustahkamlaymiz

Institut faollar zalida O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda O‘zbekiston Musulmonlar idorasi bilan hamkorlikda “Islom qadriyatlari – ilm-fan taraqqiyotining kafolati” mavzuida uchrashuv o‘tkazildi. Unda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Axborot – tahlil boshqarmasi bosh mutaxassisi Baxodir Daminov, O‘zbekiston Musulmonlar idorasi raisi maslahatchisi Abdulxamid Tursunov, institut prorektori Dilshod Baratov, “Ma’naviyat va […]

Davra suhbatiga marhamat

Joriy yilning 18 – sentabr kunisoat 11-00da institut faollar zalida “Islom qadriyatlari – ilm-fan taraqqiyotining kafolati” mavzuida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo’yicha qo’mita hamda O’zbekiston Musulmonlar idorasi bilan hamkorlikda davra suhbati o’tkazilishi rejalashtirilgan.

Saylov natijalari e’lon qilindi

Xabaringiz bor, institutimizda Xotin – qizlar qo’mitasi va Murabbiylar Kengashi raisligiga saylovlar o’tkazildi. Mazkur masala yuzasidan saylov komissiyasi bayonot berdi. Sanoq komissiyasi raisi Raxmonberdi Rajabbayevning hisobotiga ko’ra institut murabbiylar kengashi raisligiga saylovda 150 nafar kishi ishtirok etdi, 5 ta byulleten yaroqsiz deb topildi. Institut Xotin-qizlar qo’mitasi raisligi sayloviga 256 nafar kishi ishtirok etdi, 8 ta […]