Shahrisabz kulolchiligi: an’ana va innovatsiya

Joriy yilning 5-sentabridan 15-sentabriga qadar Toshkent shahridagi Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatura san’ati muzeyida Shahrisabzlik kulol, O’zbekiston Badiiy Akademiyasi a’zosi Rustam Muzaffarovning “Shahrisabz kulolchiligi: an’ana va innovatsiya” nomli ko’rgazmasi o’tkazilmoqda.

Shu munosabat bilan professor-o’qituvchilar, talabalar darsdan tashqari bo’sh vaqtlarida tomoshabin sifatida ishtirok etishlari mumkin.

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi