Saylov natijalari e’lon qilindi

Xabaringiz bor, institutimizda Xotin – qizlar qo’mitasi va Murabbiylar Kengashi raisligiga saylovlar o’tkazildi. Mazkur masala yuzasidan saylov komissiyasi bayonot berdi. Sanoq komissiyasi raisi Raxmonberdi Rajabbayevning hisobotiga ko’ra institut murabbiylar kengashi raisligiga saylovda 150 nafar kishi ishtirok etdi, 5 ta byulleten yaroqsiz deb topildi. Institut Xotin-qizlar qo’mitasi raisligi sayloviga 256 nafar kishi ishtirok etdi, 8 ta byulleten yaroqsiz deb topildi. Saylov natijalari bo’yicha institut murabbiylar kengashi raisligiga nomzod Fayzulla Kushakov 48, Kamol Jo’raboyev 33, Feruza Ma’murova esa 64 ta ovoz to’pladi.

Institut xotin-qizlar qo’mitasi raisligiga nomzod Gulsanam Tilavbayeva 62, Zulxumor Yavkacheva 17 hamda Nodira Xodjayeva 169 ta ovoz to’pladi.

Shundan so’ng saylov komissiyasi qaror qabul qildi. Yakuniy natijaga ko’ra institut murabbiylar kengashi raisligiga Feruza Ma’murova, Xotin-qizlar qo’mitasi raisligiga Nodira Xodjayeva tayinlandi.

G’oliblarni muvaffaqiyat bilan qutlaymiz va yangi yutuq, marralarni egallashida zafarlar tilaymiz!!!

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi