Dolzarb masalalarga bag’ishlandi

Institut selektor zalida prorektor D. Baratov fakultet dekan muovinlari va murabbiylar kengashi raislari bilan yig’ilish o’tkazdi.

Prorektor murabbiylar kengashi raisligiga o’tkazilgan saylovlar, uning natijalari, yangi o’quv yili, rejalashtirilgan ishlar, murabbiylar kengashi nizomi, murabbiylarning o’tgan yilgi faoliyatini o’rganib chiqish va namunali faoliyat yuritganlarni rag’batlantirish, kasb kiyimini kiyish qoidalariga amal qilish kabi masalalar xususida to’xtaldi.

Shuningdek, yig’ilish davomida institut murabbiylar kengashi raisi Feruza Ma’murova, “Iqtisodiyot” fakulteti dekan muovini Arslon Jalilov, “TTE va TL” fakulteti dekan muovini Nodir Oripovlar so’zga chiqib faoliyatlarida internet, xususan, ijtimoiy tarmoqlardan ham unumli foydalanish, murabbiylarning malaka oshirishi, oylik hisobotlar, ularni topshirish tartibi, axborot soati, uni guruhlarga yetkazish hamda boshqa masala va muammolar yuzasidan fikr almashildi.

 

TTE va TL fakulteti talabasi

Musaxo’ja Baxtiyorov

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi