“TTYMI e’tirofi”ga start berildi

Institut faollar zalida 1- oktyabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan “TTYMI e’tirofi” tanlovining tantanali taqdirlash marosimi boshlandi.

Eslatib o’tamiz, tanlov institutda faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilar tarkibidan yuqori malakali pedagoglarni aniqlash va rag‘batlantirish, pedagogik faoliyatning nufuzini yanada oshirish, ta’lim va tarbiya sohasidagi innovatsiya texnologiyalarini keng ommalashtirish, pedagogik faoliyatda sog‘lom raqobat va ijodkorlik muhitini yaratish, ularning kasbiy mahoratini oshirishni rag‘batlantirish maqsadida tashkil etildi.

Professor-o‘qituvchilar orasidan quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblari aniqlangan:

“Eng yaxshi fan o‘qituvchisi”

“Eng yaxshi kafedra mudiri”

“Eng yaxshi guruh murabbiy”

“Eng yaxshi faxriy o‘qituvchi”

Tanlov nizomiga asosan har bir fakultetdan bittadan nominatsiyalar g‘olibi nomzodlari belgilanadi. Har bir nominatsiyada yagona g‘olib, bitta 2-o‘rin, ikkita 3-o‘rin egalari aniqlanadi. Nominatsiya g‘oliblariga maxsus statuetka va eng kam ish haqining besh barobari miqdorida, 2-,3-o‘rin egalariga mos ravishda kichik maxsus statuetka va mos ravishda eng kam ish haqining 3, 2 barobari miqdorida moddiy rag‘batlantirish beriladi.

Shuningdek, tadbir davomida ustozlarni madh etuvchi kuy-qo‘shiq va she’rlar ijro etiladi.

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi