Akademik talabalar o’qishi eng zarur bo’lgan kitoblarni tavsiya qildi

Institut anjumanlar zalida akademik Naim Karimov bilan uchrashuv o’tkazildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ibot qilish bo’yicha komissiya tuzish to’g’risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida o’tkazilgan tadbir “Institut rektori mutolaaga chaqiradi” ruknida tashkil etildi.

Suhbat davomida akademik ijodiy jarayonlari, yoshlik davridagi kitob o’qish, uni izlab topish bilan bog’liq muammolar, maktab, mahalla va shaxsiy kutubxonalar, sevimli va hamma o’qishi zarur bo’lgan adabiyotlar, qahramonlari, mustaqillik yillarida kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar, chop etilayotgan kitoblar haqida batafsil to’xtaldi.

Akademik talaba-yoshlarni ayniqsa Abdulla Qodiriyning “O’tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon”, Cho’lponning “Kecha va kunduz”, Oybekning “Navoiy”, Odil Yoqubovning “Ulug’bek xazinasi” hamda Pirimqul Qodirovning “Avlodlar dovoni” romanlarini albatta o’qib qo’yish zarurligini ta’kidladi.

Suhbatning ikkinchi qismida talabalar o’zini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassisga murojaat qildi.

O’tkazilgan davra suhbatidan so’ng har bir talaba “Men yanada ko’proq kitob o’qishim kerak!” degan maqsadni o’z oldiga qo’ygan bo’lsa tadbirdan ko’zlangan maqsadga erishilgan hisoblanadi.

TTE va TL fakulteti talabasi

Bunyod Jumaniyozov

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi