Talabalikka bag‘ishlov

Institut faollar zalida “Talabalikka bag‘ishlov” nomli konsert dasturi o’tkazildi.

Unda prorektorlar, “Ma’naviyat va ma’rifat” va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i va bo‘lim xodimlari, Yoshlar ittifoqi BT faollari, institut xotin-qizlar qo‘mitasi BT va kasaba uyushma qo‘mitasi BT a’zolari, professor-o‘qituvchilar, Murabbiylar kengashi a’zolari, talabalar shaharchasi ma’muriyati, fakultet dekanlari, muovinlari hamda talabalar ishtirok etdi.

Talabalik oltin davr deydilar,

Kimga nasib qilar, kimga esa yo‘q

Kimlardir bu nomni qadrin bildilar,

Kimlardir bu nomga tushirdilar dog‘,

Yorug‘ kelajakka shaxd talabalik,

Umrning gul davri baxt talabalik.

Tadbirni prorektor D. Baratov ochib berdi. Barcha talabalarni tabriklab jumladan shunday dedi: “Mamlakatimizda o‘sib kelayotgan yosh avlodni har jihatdan komil insonlar qilib tarbiyalash ma’naviy islohotlarning bosh maqsadiga aylandi. Vatanimizning ertasi bo‘lgan siz aziz talabalarimiz uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Bu imkoniyatlardan unumli foydalanib yurt uchun xizmat qiladigan iqtidorli va izlanuvchan har bir talabaning mehnati besamar ketmayapti. Talabalarimiz ertamiz egalaridir. Har bir sohada munosib davomchilarimizdir. Shunday ekan oltinga teng talabalik davrini mazmunli, unumli o‘tkazishga intiling. Bayramingiz muborak bo‘lsin aziz talabalar”.

Mustaqil Vatanda azizdir inson,

Ozod yurt ovozi ko‘klarni tutgay,

Ey talaba do‘stim seni ushbu on,

Eng yuksak cho‘qqilar oldinda kutgay,

Inson uchun omad naqd talabalik,

Yuksak cho‘qillarga ahd talabalik.

Bayram bilan qutlash maqsadida institutning faol-ijodkor talabalari, badiiy havaskor to‘garagining a’zolari o‘z qo‘shiq va raqslari bilan ishtirok etdi.

Tadbir so‘ngida institut prorektori D.X. Baratov va Yoshlar ittifoqi BT yetakchisi A.R. Sotvoldiyev tomonidan talabalarga turli yo‘nalishlar bo‘yicha tashakkurnoma va faxriy yorliqlar topshirildi.

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi