“Yil talabasi”: jarayon qizg’in tus olmoqda

Institutda jamiyatga va davlatimizga yetuk yosh va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va intellektual salohiyatini oshirish hamda ularga o‘z iqtidor va salohiyatini namoyon etishga imkoniyatlar yaratish, talabalarda tashabbuskorlik, vatanparvarlik, fidoyilik fazilatlari va jamoatchilik qobiliyatini qaror toptirish, o‘z kasbini sevish, ilm-fanga ishtiyoq va yurt kelajagiga daxldorlik tuyg‘ularini yuksaltirish, talabalik nufuzini oshirish maqsadida “Yil talabasi” tanlovi o’tkazilmoqda.

Ayni damlarda tanlov ishtirokchilari institut “Harakatlar strategiyasi” xonasida o’z taqdimotlarini himoya etmoqdalar.

Eslatib o’tamiz, tanlov “Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi” (talabaning institutga kirgandan boshlab fanlarni o‘zlashtirish va o‘quv jarayonlardagi ishtiroki va faolligi, chop etilgan maqola va tezislari hamda ularning mazmun-mohiyati, dolzarbligiga oid ishlar ko‘rib chiqiladi), “Yilning eng tashabbuskor talabasi” (talabaning institut, Yoshlar ittifoqi va boshqa jamoat tashkilotlaridagi jamoatchilik ishtiroki, faollik darajasi, namunaviy ishlari, tashkilotchilik qobiliyati va shu asosda o‘zi tashkil etgan tadbirlar mazmuni, erishgan yutuqlari ko‘rib chiqiladi), “Yilning ixtirochi talabasi” (talaba tomonidan yaratilgan ilmiy ishlar, ixtirolar, innovatsion g‘oyalari, ratsionalizatorlik takliflari, ularning yangiligi, dolzarbligi va ilmiy ahamiyati ko‘rib chiqiladi), “Yilning sportchi talabasi” (talabaning sport sohasidagi yutuqlari va erishgan natijalari ko‘rib chiqiladi), “Yilning ijodkor talabasi” (bunda talabaning san’at, adabiyot, madaniyat va boshqa sohadagi ijodiy ishlari va erishgan natijalari ko‘rib chiqiladi) nominatsiyalari bo’yicha o’tkazilmoqda

Yakuniy natijalarni yaqin fursatlarda e’lon qilamiz.

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi