Zamonaviy bilimlar bilan yo‘g‘rilgan yuksak insoniy fazilatli bo’lishga chaqirildi

Murabbiylar kengashi raisi Feruza Ma’murova, Xotin-qizlar qo’mitasi raisi Nodira Xodjayeva hamda “Informatika va komputer grafikasi” kafedrasi assistenti Gulnoza Nishonova tomonidan 3 – talabalar turar joyida “Qurilish” fakultetining birinchi bosqich talabalari bilan suhbat o’tkazildi.

Suhbatda so’zga chiqqanlar talabalarga odob – axloq, yuksak ma’naviy – axloqiy fazilatlarga ega, jamiyat, davlat va oila oldida o‘z mas’uliyatini his etadigan, davlatning ichki va tashqi siyosatini to‘g‘ri anglaydigan, e’tiqodli, vatanparvar va xalqparvar, tashabbuskor va tadbirkor, zamonaviy bilimlar bilan yo‘g‘rilgan hamda yuksak insoniy fazilatlarga ega bo‘lgan irodasi baquvvat, imoni butun va vijdoni uyg‘oq mutaxassis bo‘lishlari kerakligini ta’kidladi.

Suhbatning ikkinchi qismi savol – javoblar bilan davom etdi.

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi