Talaba – qizlar o’zaro bellashdi

“Qizlar kuni” munosabati bilan institut xotin – qizlar qo’mitasi boshlang’ich tashkiloti, kasaba uyushma qo’mitasi boshlang’ich tashkiloti hamda “Jismoniy tarbiya” kafedrasi hamkorligida sport musobaqalari tashkil etildi.

Talaba qizlar o’rtasida o’tkazilgan musobaqalar sportning tennis, shaxmat – shashka turlari bo’yicha tashkil etildi.

  • Jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, jismoniy jihatdan yetuk, sog‘lom avlodni tarbiyalash borasidagi islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda, — deydi institut xotin – qizlar qo’mitasi boshlang’ich tashkiloti raisi Nodira Xodjayeva. — Jismoniy jihatdan yetuk, sog‘lom avlodni tarbiyalash – musobaqaning asosiy maqsadi. Bunday tadbirlarni hamkor tashkilotlar bilan birgalikda doimiy o’tkazamiz. O’ylaymanki, bu – talaba qizlarimizning kayfiyati, ruhiyatiga ham o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatadi.

Chindan ham, sport kayfiyat, ruhiyatga ijobiy ta’sir ko’rsatishi bilan birgalikda insonni sog’lom, tetik va baquvvat bo‘lishga, ishchanlik qobiliyatini o’stirishga yordam beradi.

Musobaqaning yakuniy natijalariga ko’ra tennis sport turi bo’yicha 1 – o’rinni TV-728 guruhi talabasi S Ismatova, 2-o’rin TS-28 guruhi talabasi D. Do’smurodova, 3-o’rin IF-51 guruhi talabasi T. Odinayevaga nasib etdi.

Shashka sport turidan 1 – o’rinni MTB-8 guruhi talabasi G. Asomova, 2-o’rinni TS-20 guruhi talabasi D. Qobiljonova hamda 3-o’rinni BXA-40 guruhi talabasi M. Davronova egalladi.

“Shaxmat”dan 1 – o’rinni MTB-8 G. Asomova, 2 – o’rinni PTV-722 guruhi talabasi M. Usarova oldi.

G’oliblar institut va kasaba uyushmasi qo’mitasining faxriy yorliq va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi