Ona tilim buyuklikda eng baland tog‘san

O’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan bayram tadbirlari o’tkazilmoqda. Navbatdagi tadbir “Qurilish” fakulteti IF-55 guruh talabalari tomonidan “Ona tilim buyuklikda eng baland tog‘san” mavzuida tashkil etildi. Unda fakultet dekan va dekan muovinlari, Murabbiylar kengashi raisi va kengash a’zolari hamda talabalar ishtirok etdi.

Davlatimiz mustaqillikka erishgunga qadar Beruniy, Ibn Sino, Al Xorazmiy, Al Farg‘oniy, Alisher Navoiy, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Mirzo Bobur singari buyuk siymolarni yetishtirgan xalq tili yo‘qolish arafasiga kelib qolgan edi. Mustaqillikka ilk qadamlar tashlanayotgan davrdayoq prezidentimiz tomonidan o‘zbek tiliga davlat maqomi berish masalasi kun tartibiga qo‘yilib, bu ish amalga oshirilgan edi. Ona tilimiz – o‘zbek tiliga 1989 – yil 21 – oktabrda davlat tili maqomi berildi. Bu mamlakatimiz, yurtdoshlarimiz hayotidagi unutilmas, tarixiy voqeaga aylandi. Agar o‘shanda til to‘g‘risida qonun qabul qilinmaganda edi, o‘zbek tili ham tarix sahifalaridan joy olgan bo‘larmidi?!.

Til – millatning ma’naviy boyligidir. Til nafaqat muomala vositasi – balki xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir. Turli xalqlarning tillariga hurmat esa o‘z navbatida o‘zaro tushunishni, muloqotlarga imkoniyat yaratadi.

Bayram dasturida so’zga chiqqan professor – o’qituvchilar ana shular xususida so’z yuritdi. Ttalabalar tomonidan tayyorlangan videoroliklar, she’rlar sahna ko’rinishlari namoyish etildi.

  • Ona tilimiz – o’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan barcha akademik guruhlarda axborot va murabbiylik soatlarida tadbirlar, davra suhbatlari, bellashuvlar o’tkazyapmiz, — deydi institut murabbiylar kengashi raisi Feruza Ma’murova. — O’ylaymizki, talabalarimizda bu boradagi bilimlar yanada kengaydi, mustahkamlandi. Bu bilimlarni o’quv yili davomida kitobxonlik tanlovlarida mustahkamlab boramiz.

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi