Mastura – “Oliy o’rin” sohibasi bo’ldi

Institut faollar zalida “Zebolar bahsi – 2018” an’anaviy tanlovi o’tkazildi. Tanlov “O’zbekiston temir yo’llari” aksiyadorlik jamiyati xotin – qizlar qo’mitasi, O’zbekiston Qizil Yarim Oy Jamiyati temir yo’l mintaqaviy tashkiloti, Personalni boshqarish va kadrlar tayyorlash boshqarmasi hamda yetakchilar Kengashi hamkorligida tashkil etildi.

“Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab – quvvatlash yili” Davlat dasturi, 2018 – yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga oid chora – tadbirlar Dasturlari ijrosini ta’minlash, qizlar o’rtasida ilm – ma’rifatni yuksaltirish, sog’lom turmush – tarzini targ’ib etish, onalik va bolalikni ijtimoiy himoyalash bo’yicha olib borilayotgan islohotlar mohiyatini yoshlarga yetkazish, kasbga bo’lgan mehrni oshirish, xotin – qizlarni muqaddas tariximiz, an’analarimiz, milliy urf-odatlarimizga chuqur hurmat va ehtirom ruhida tarbiyalash, sog’lom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan tanlovda to’rtta fakultetdan to’rt nafar iqtidorli talaba – qizlar o’zaro bellashdi.

“Tashishni tashkil etish va transport logistikasi” fakultetidan Sitora Nurmamatova, “Iqtisodiyot”dan Mastura Xodiyeva, “Qurilish”dan Dildora Nazarmatova, “Elektromexanika” fakultetidan esa Surayyo Abduhakimova “Tanishtiruv”, “Savol – javob”, “Eng zukko kitobxon”, “Karving san’ati” va “Erkin mavzu” shartlarida bellashdilar.

Shartlarni institut kasaba uyushma qo’mitasi boshlang’ich tashkiloti yo’riqchisi Dilbar Qodirova, O’zbekiston Qizil Yarim Oy Jamiyati temir yo’l mintaqaviy tashkiloti yoshlar bilan ishlash bo’yicha yetakchisi Laziza Zakurlayeva, “O’zbekiston temir yo’llari” aksiyadorlik jamiyati yetakchilar kengashi koordinatori Оynisa Norboyeva, “Zaminobod” mahallasi xotin – qizlar bilan ishlash bo’limi va oilalarda ma’naviy – axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo’yicha mutaxassis, yurist Karima Parpiyevalardan iborat hakamlar hay’ati baholab bordilar.

Shartlar oralig’ida institut badiiy havaskorlar to’garagi a’zolari tomonidan ajoyib kuy va qo’shiqlar, “Quvnoqlar va zukkolar” institut jamoalaridan ajoyib chiqishlar namoyish etildi.

 

Ko’rik – tanlov yakuniga ko’ra Setora Nurmamatova “Eng zukko ishtirokchi”, Surayyo Abduhakimova “Eng latofatli ishtirokchi”, Dildora Nazarmamatova “Eng qatiyatli ishtirokchi” nominatsiyasida g’olib bo’ldi.

Tanlov g’olibi – “Oliy o’rin” sohibasi esa Mastura Xodiyeva bo’ldi va temir yo’l tizimidagi ta’lim muassasalari o’rtasida o’tkaziladigan 2 – bosqichga yo’llanmani qo’lga kiritdi.

G’oliblar institut kasaba uyushma qo’mitasi boshlang’ich tashkiloti hamda O’QYOJ temir yo’l mintaqaviy tashkilotining faxriy yorliq, esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

 

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi