Oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikdagi tadbirlar davom etmoqda

Toshkent farmatsevtika instituti bilan hamkorlikda to’rtinchi va beshinchi talabalar turar joylarida “Sog’lom turmush tarzini shakllantirishda jismoniy tarbiyaning ahamiyati”, “Sog’lom ovqatlanish qoidalari” mavzularida davra suhbatlari tashkil etildi. Unda institut xotin-qizlar qo’mitasi raisi va kengash a’zolari, “Ibn Sino” salomatlik markazi rahbari hamda tarbiyachi – pedagoglar, talabalar ishtirok etdi.

Suhbatni institut xotin – qizlar qo’mitasi boshlang’ich tashkiloti raisi Nodira Xodjayeva olib bordi. Tadbir mavzui, maqsadi va mehmoni bilan tanishtirib so’z navbatini Toshkent farmatsevtika instituti “Tibbiy biologiyasi” kafedrasi dotsenti V.B.Rasulovaga berdi. Mutaxassis mavzu yuzasidan taqdimot asosida talabalar uchun kerakli bo’lgan ma’lumotlarni batafsil keltirdi.

Suhbatning ikkinchi qismida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan ma’ruzachiga murojaat qildi.

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi