“TV-709” – fakultet g’olibi bo’ldi

Xabaringiz bor, Toshkent temir yo’l muhandislari institutida “Eng faol kitobxon guruh” tanlovi doimiy o’tkazilmoqda. Navbatdagi tanlov 315 – auditoriyada “Elektromexanika” fakultetida o’tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha Komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan tanlovda “Ma’naviyat va ma’rifat” va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi, Axborot resurs markazi ilmiy-uslubiy bo‘limi, “Fizika” kafedrasi guruh murabbiylari hamda talabalar ishtirok etdi.

Tanlov Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” asari xususida 2 ta shart asosida o‘tkazildi: birinchi shart – annotatsiya, ikkinchi shart – asar muallifi to‘g‘risida ma’lumot berish.

Shartlarni prorektor Dilshod Baratov raisligidagi “Ma’naviyat va ma’rifat” va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi uslubchisi Dilnoza Maxmudova, axborot resurs markazi ilmiy – uslubiy bo‘limi boshlig‘i Nasiba Qayumova, axborot resurs markazi ilmiy – uslubiy bo‘limi yetakchisi Umida Sultanovalardan iborat hakamlar hay’ati baholab bordi.

Tanlov yakuniga ko’ra fakultetning TV-709 – guruh talabalari ko‘rik-tanlovning fakultet bosqichida g‘olib deb topildi. ET-706, TVE-728 va TV-706 guruhlari esa faol ishtirok etdi.

  • Yoshlarni Vatanimiz, xalqimiz, milliy qadriyatlarimiz, tarixiy-ma’naviy merosimizga hurmat va sadoqatli qilib tarbiyalash uchun bunday tanlovlarni tez-tez guruhimizda o’tkazamiz, — deydi TV – 709 – guruh murabbiyi Anvar Maxmudov. — Natijada talabalarimizning dunyoqarashi va fikrlash doirasi kengayadi, ijodiy salohiyati, kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlari yanada osh O’ylaymanki, bugun ana shu maqsadga qisman bo’lsada erishdik.

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi