O’zbekiston – jannatmakon diyor!!! Yurtimiz bo’ylab sayohat qil!!!

Buyuk Vatanim, go’zal diyorim, borlig’im o’zingsan, sen iftixorim,

Ser quyosh o’lkamsan, bog’u – bo’stonim, jannatdan yaralgan O’zbekistonim.

Dovrug’ing taralgan butun dunyoga, ko’klarga hilpirar mudom bayrog’ing,

Jonajon diyorim ota makonim, jannatdan yaralgan O’zbekistonim.

 

Ajdodlarning ruhi senga madadkor, Buxoro, Samarqand – bari betakror,

Onajon o’lkamsan, buyuk oshyonim, jannatdan yaralgan O’zbekistonim.

Ulg’aydim bag’ringda burgut misoli, ko’kka cho’zsam yetar mening qo’llarim,

Mening shon – shuhratim, bitmas dostonim, jannatdan yaralgan O’zbekistonim.

 

https://drive.google.com/drive/folders/13XvLwKNFOw9FZy5u4N68bbYbaFHvfVMd

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi