Do’stlik g’alaba qozondi

Talabalarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, iste’dodlarini yuzaga chiqarish maqsadida BXA 37 va BXA 39 – guruh talabalari o‘zaro bellashdi. “Oltin kuz” deya nomlanuvchi mazkur tanlovda guruhlar 5 ta shart asosida o’zaro bellashdi: 1 shart. Kuz fasliga she’riy tarzda ta’rif berish 2 shart. Kuz fasliga oid atamalar bilan so’z o’yini 3 shart. Kim chaqqon (qovun kesish) […]

E’LON!!!

Joriy yilning 3 dekabr kuni institut test markazida 11-00 dan 14-20gacha O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” mavzuida TTYMI professor-o‘qituvchilari va talabalari o‘rtasida tanlov tashkil etilmoqda.                                                                                     Tanlov shartlari: Professor-o‘qituvchilar uchun: 1-bosqich – test sinovlari (test savollari O‘zbekiston Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim-tarbiyaga oid Farmon va Qarorlari, Vazirlar […]

“Yoshlar haftaligi”: munosiblar taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash, yosh avlodni intellektual salohiyatini oshirish, ularni jamoatchilik ishlariga keng jalb qilish maqsadida institutda “Yoshlar haftaligi” loyihasi amalga oshirildi. Loyiha ochilish marosimida talabalar uchun konsert dasturi taqdim etildi, institut hayotiga befarq bo’lmagan, har bir tadbirlar va o’zgarishlarda […]

Kitoblar sehri: yarmarkaga marhabo

Institutda “Axborot resurs markazi” tomonidan badiiy adabiyotlar bo’limida “Kitoblar sehri” deb nomlangan yangi adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. “Yangi asr avlodi” nashriyoti bilan hamkorlikda tashkil etilgan yarmarkada professor-o‘qituvchilar, ARM xodimlari hamda talabalar ishtirok etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 – yil 13 – sentyabrdagi  “Kitob mahsulotlarini nashr etish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish […]

Ustoz kitob bilan yanada yaqinlashtirdilar

Institutimizda kitobxonlik bayramlari davom etmoqda. Shu munosabat bilan adabiyotshunos, filolog, olim hamda buyuk yozuvchi Ozod Sharafiddinovning shogirdi Umarali Normatov institutimiz mehmoni bo’ldilar. Ular so’zlarini ajoyib salomlashishdan boshladilar. Bugungi kunga shukronalik keltirib, o’zining talabalik damlarini esladilar. 65 yil davomida biz kabi yoshlarga ilm berib pedagoglik faoliyatini yuritganini keltirdi va ilm olish qanchalik kerakligi, kitobning muqadddasligi va […]

Sog’lom turmush tarzi targ’iboti davom etadi

Institut 416-auditoriyasida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, OIV/OITS infeksiyasi, giyohvandlik va odam savdosining oldini olishga bag’ishlangan tadbir o’tkazildi. Unda jamiyat salomatligi va sog‘liqni saqlashni tashkil etish ilmiy taqdiqot instituti valeologiya bo‘limi boshlig‘i Nargiza Rasulova, Toshkent shahar OITSga qarshi kurashish markazining vrach – laboranti Dilbar Ermatova, Toshkent shahar narkologiya dispanseri vrachi Nargiza Babajanova, Toshkent […]

Soxta g’oyalarga ergashtiruvchi da’vatdan ogoh bo’laylik

Institutda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo’yicha qo’mita, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi va Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo’limi huquqbuzarliklar profilaktikasi bo’limi hamkorligida “Tinchlik – eng oliy ne’mat”, “Islomda ekstremizm va terrorizmga o’rin yo’q” va “Diniy-ekstremistik oqimlar, missionerlik – davlat va jamiyatga tahdid” mavzularida profilaktik tadbir o’tkazildi. […]

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti tanlovining tuman bosqichida institut talabasi ishtirok etdi

Toshkent temir yo’l muhandislari institutida Mirobod tuman xotin-qizlar qo’mitasi bilan hamkorlikda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti tanlovining tuman bosqichi o’tkazildi. Mazkur tanlov mamlakatimizda mo’tabar ayol zotiga munosib hurmat – ehtirom ko’rsatish, ularning jamiyatimizdagi o’rni va nufuzini oshirish, sog’lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, o’zining iqtidori va ibratli faoliyati bilan yoshlarga o’rnak bo’lib kelayotgan qizlarni rag’batlantirish maqsadida […]

Tadbir zararli ta’sirlarga qarshi turishga qodir yoshlarni tarbiyalashga qaratildi

Oliy ilm dargohimizning faollar zalida Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O’zbekiston musulmonlar idorasi bilan hamkorlikda talaba-yoshlar o’rtasida profilaktik tadbirlarni kuchaytirish maqsadida diniy bag’rikenglik va millatlararo totuvlik g’oyalarini keng targ’ib qilishga bag’ishlangan tadbir tashkil etildi. Unda O’zbekiston musulmonlar idorasi vakili, Toshkent shahar bosh imom xatibi o’rinbosari Jasurbek Raupov hamda institut yoshlar bilan ishlash bo’yicha […]