Talabaligim

Sen birla boshlandi maqsadlar boshi,

Quvonchdan porladi ko‘zimning yoshi,

Oltinga teng bo‘lgan umrim quyoshi,

Intizor kutganim talabaligim.

 

Mehr bilan boqdi bu kun yulduzlar,

Go‘yo ular ham chindan meni tabriklar,

Sen bilan yashnadi qalbimda gullar,

Yillar qumsaganim talabaligim.

 

Ostonangni ko‘zga surtib borarman,

Qadrlaganimsan, oltin davrimsan,

Qadamlarim endi katta tashlarman,

Mustahkam kelajak poydevorimsan,

Senga yetishganim bu mening baxtim,

Ravon yo‘limdirsan talabaligim.

Sarvinoz Nurmatova

Qurilish fakulteti talabasi

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi