Tadbir zararli ta’sirlarga qarshi turishga qodir yoshlarni tarbiyalashga qaratildi

Oliy ilm dargohimizning faollar zalida Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O’zbekiston musulmonlar idorasi bilan hamkorlikda talaba-yoshlar o’rtasida profilaktik tadbirlarni kuchaytirish maqsadida diniy bag’rikenglik va millatlararo totuvlik g’oyalarini keng targ’ib qilishga bag’ishlangan tadbir tashkil etildi. Unda O’zbekiston musulmonlar idorasi vakili, Toshkent shahar bosh imom xatibi o’rinbosari Jasurbek Raupov hamda institut yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori, “Ma’naviyat va ma’rifat” va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’limi, fakultet dekan muovinlari, murabbiylar kengashi, xotin-qizlar qo’mitasi BT, yoshlar ittifoqi BT a’zolari, “Talabalar shaharchasi” ma’muriyati va talabalar ishtirok etdi.

Tadbir avvalida “Zulmatdagi hujra” filmi namoyish etildi. Film yuzasidan fikrlar almashildi.

Shundan so’ng, prorektor D. Baratov so’zga chiqib kun tartibidagi mavzu bilan ishtirokchilarni tanishtirdi. Shuningdek, tadbirni tashkil etishdan maqsad O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Та’lim tizimida ma’naviy – marifiy ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori bilan tasdiqlangan dasturning 16-bandida talaba va o’qituvchilar o’rtasida diniy bag’rikenglik va millatlararo totuvlik g’oyalarini keng targ’ib qilish ekanligini ta’kidlab, so’z navbatini tadbir mehmoniga berdi.

Imom xatib o’rinbosari Jasurbek Raupov o’z nutqida mustaqillikning dastlabki kunlaridan olib borilgan oqilona siyosat samarasi, shuningdek, azaliy xalqimizning yuksak fazilatlari sabab bugun barcha millat va din vakillari ahil yashayotgani, Prezidentimizning 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasining tasdiqlagani, unda xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash kabi masalalarning ustuvor yo’nalish sifatida belgilanishi ham davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlashda muhim asos bo’lib xizmat qilishini, turli dinlarga mansub qadriyatlarni asrab-avaylashga, barcha fuqarolarga o’z e’tiqodini amalga oshirish uchun sharoit yaratishga, dinlar va millatlararo hamjihatlikni yanada mustahkamlashga, ular o’rtasida mushtarak an’analarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani, bu esa, yurt taraqqiyotiga, umuminsoniy madaniyat va ma’naviyat rivojiga xizmat qilishini, bag’rikeng yurtda boshqa millatga mansub bo’lsada, barchasi bir yurtning farzandi ekanligini, shunday ekan yurtimizdagi tinchlik va xotirjamlikni asrab-avaylashga biz ham o’z hissamizni qo’shishimiz zarurligini gapirib o’tdi.

Tadbir mustaqil fikrlaydigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qaraydigan , qat’iy hayotiy etiqod va qarashlarga ega bo’lgan, milliy mentalitetimizga yot zararli ta’sirlarga qarshi turishga qodir yoshlarni tarbiyalashga qaratildi.

 

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi