Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti tanlovining tuman bosqichida institut talabasi ishtirok etdi

Toshkent temir yo’l muhandislari institutida Mirobod tuman xotin-qizlar qo’mitasi bilan hamkorlikda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti tanlovining tuman bosqichi o’tkazildi.

Mazkur tanlov mamlakatimizda mo’tabar ayol zotiga munosib hurmat – ehtirom ko’rsatish, ularning jamiyatimizdagi o’rni va nufuzini oshirish, sog’lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, o’zining iqtidori va ibratli faoliyati bilan yoshlarga o’rnak bo’lib kelayotgan qizlarni rag’batlantirish maqsadida har yili o’tkazib kelinmoqda.

Navbatdagi tanlovning tuman bosqichida Mirobod tumanidagi ta’lim muassasalari va mahallalardan ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport va jamoatchilik faoliyatida alohida yutuqlarga erishgan o’n to’rt yoshga to’lgan va o’ttiz yoshdan oshmagan 18 nafar qizlar o’z iste’dodlarini namoyish etdilar.

Institutimizning magistratura bo’limi talabasi Gavhar O’razimbetova ham tanlovning fan yo’nalishi bo’yicha qatnashib shartlar bo’yicha chiqishlarini ko’rsatdi.

Hakamlar hay’ati qizlarning shartlar bo’yicha chiqishlari va ijodiy ishlarini o’rganib chiqmoqdalar.

Natijalar yaqin kunlarda e’lon qilinadi.

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi