Sog’lom turmush tarzi targ’iboti davom etadi

Institut 416-auditoriyasida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, OIV/OITS infeksiyasi, giyohvandlik va odam savdosining oldini olishga bag’ishlangan tadbir o’tkazildi.

Unda jamiyat salomatligi va sog‘liqni saqlashni tashkil etish ilmiy taqdiqot instituti valeologiya bo‘limi boshlig‘i Nargiza Rasulova, Toshkent shahar OITSga qarshi kurashish markazining vrach – laboranti Dilbar Ermatova, Toshkent shahar narkologiya dispanseri vrachi Nargiza Babajanova, Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘limi inspektori, kapitan Umidjon To‘ychiev, professor-o’qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.

Tadbirda so’zga chiqqanlar sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, OIV/OITS infeksiyasi profilaktikasi, giyohvandlikning oldini olish, odam savdosini oldini olish kabi mavzularda ma’ruza qildi.

  • O‘tgan yillar davomida narkobiznesga qarshi olib borilgan ishlar mamlakatimizda giyohvandlikning oldini olish, psixotrop vositalar oldi-sotdisini bartaraf etish samaradorligini oshirishiga olib keldi, — deydi Toshkent shahar narkologiya dispanseri vrachi Nargiza Babajanova. Bu kabi sa’y-harakatlarning huquqiy asosini mustahkamlash uchun qator normativ-huquqiy hujjatlar, xususan, “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi hamda BMT konvensiyalarini ratifikatsiya qilish haqidagi qonunlar qabul qilindi. Bundan tashqari, narkotik moddalarni nazorat qilish davlat komissiyasi tuzildi. Giyohvandlikka chalingan bemorlarga tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Yig‘ilishda ishtirok etgan talabalar mavzu bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojat etdilar va mutaxasislar tomonidan kerakli maslahatlarga ega bo‘ldilar.

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi