Soxta g’oyalarga ergashtiruvchi da’vatdan ogoh bo’laylik

Institutda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo’yicha qo’mita, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi va Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo’limi huquqbuzarliklar profilaktikasi bo’limi hamkorligida “Tinchlik – eng oliy ne’mat”, “Islomda ekstremizm va terrorizmga o’rin yo’q” va “Diniy-ekstremistik oqimlar, missionerlik – davlat va jamiyatga tahdid” mavzularida profilaktik tadbir o’tkazildi. Unda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo’yicha qo’mita bosh mutaxassisi Nodir Shomirzayev, Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo’limi huquqbuzarliklar profilaktikasi bo’limi inspektori, kapitan Umidjon To’ychiyev, prorektor Dilshod Baratov, “Ма’naviyat va ma’rifat” va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’limi, murabbiylar kengashi, yoshlar ittifoqi BT, xotin-qizlar qo’mitasi a’zolari, talabalar va jurnalistlar ishtirok etdi.

Tadbirni prorektor Dilshod Baratov ochib berdi. Tadbir mavzui, maqsadi va mehmonlari bilan tanishtirib ilk so’z navbatini Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari bo’yicha qo’mita bosh mutaxassisi Nodir Shomirzayevga berdi. Mutaxassis bugungi tadbir profilaktik tadbir ekani, islom dini va boshqa dinlar ham inson qalbiga ta’sir etuvchi omilligi, insonni uning tanasi va ruhi harkatga keltirishi, tana bilan ruh oziqlanishi, ruh, ya’ni qalbning oziqasi ma’naviyatligi, u eshitish, ko’rish orqali harakatga kelishi, ma’lumotlar almashinuvi, internet, ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlar, jumladan “telegram” ilovasi, “facebook” orqali kirib kelayotgan yot illatlar, ekstremistik oqimlar, insonlarning ularning “tuzoq”lariga qanday tushib qolayotgani, turli oqimlarga da’vat etuvchi guruh vakillarining soxta g’oyalarga ergashtiruvchi da’vati va bu borada o’zining amali, “Jihod” so’zining asl ma’nosi xususida rivoyat va hadislardan keltirdi, yurtimizda faoliyat yuritayotgan rasmiy diniy tashkilotlarni xususida so’zladi. Talaba-yoshlarda diniy masalalar yuzasidan savollar bo’lsa mazkur tashkilotlardan javob olish mumkinligini alohida ta’kidladi.

Shuningdek, uchrashuv davomida Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo’limi huquqbuzarliklar profilaktikasi bo’limi inspektori, kapitan Umidjon To’ychiyev ham so’zga chiqib talabalarni yurtimizda hukm surayotgan tinchlikning qadriga yetishga chaqirdi, qanchadan-qancha tengdoshlari tinchlikni orzu qilib yashayotganini alohida ta’kidladi.

— Jinoyat va huquqbuzarliklarni avvalo, yoshlar o’rtasida oldini olish bo’yicha tezkor xizmatlar bilan hamkorlikda ko’plab chora-tadbirlarni amalga oshirdik, — deydi kapitan Umidjon To’ychiyev. — “Xavfsiz hudud”, “Arsenal”, “Diqqat piyoda”, “Diqqat temir yo’l”, “Yong’in xavfsizligi oyligi”, “G’amxo’rlik”, “Mehmon” tadbirlarini belgilangan vaqtlarda sifatli va to’liq ko’lamda o’tkazildi. Natijada joriy yilning o’n oyi mobaynida ichki ishlar bo’linmalariga 16 602 nafar fuqarolar olib kelinib, shundan xizmat hududda turli xil huquqbuzarliklarni sodir etgan jami 1 231 nafar fuqarolar bo’linma navbatchilik xizmati xonasiga keltirilib, profilaktik suhbatlar o’tkazildi, qonuniy choralar ko’rildi.

Ta’kidlash kerak, yuqoridagi qoidabuzarliklar asosan bolalarni tarbiyalash ularga ta’lim berish borasida majburiyatni bermaslik, yengil jarohat yetkazish, jamoat joylarida tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish, oz miqdorda talon taroj qilish, temir yo’lni belgilanmagan joydan kesib o’tish, temir yo’l transporti vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish, transport vositalarining ichki jihozlariga shikast yetkazish holatlari ko’rinishida sodir etilmoqda.

Tadbirning ikkinchi qismida talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.

Uchrashuv mustaqil fikrlaydigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qaraydigan hurmat bilan qaraydigan, qat’iy hayotiy e’tiqod va qarashlarga ega bo’lgan, milliy mentalitetimizga yot zararli ta’sirlarga qarshi turishga qodir yoshlarni tarbiyalashga qaratildi.

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi