Kitoblar sehri: yarmarkaga marhabo

Institutda “Axborot resurs markazi” tomonidan badiiy adabiyotlar bo’limida “Kitoblar sehri” deb nomlangan yangi adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

“Yangi asr avlodi” nashriyoti bilan hamkorlikda tashkil etilgan yarmarkada professor-o‘qituvchilar, ARM xodimlari hamda talabalar ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 – yil 13 – sentyabrdagi  “Kitob mahsulotlarini nashr etish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora tadbirlar dasturi to‘g‘risi”dagi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan yarmarka joriy yilning 26-noyabrdan 30-noyabrga qadar davom etadi.

Ko‘rgazmaga qo‘yilgan adabiyotlar soni 700 xildan ortiq 2400 ta yangi nashrlar kitobxonlar ommasiga taqdim etilmoqda.

TTE va TL fakulteti talabasi

Bunyod Jumaniyozov

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi