Ustoz kitob bilan yanada yaqinlashtirdilar

Institutimizda kitobxonlik bayramlari davom etmoqda. Shu munosabat bilan adabiyotshunos, filolog, olim hamda buyuk yozuvchi Ozod Sharafiddinovning shogirdi Umarali Normatov institutimiz mehmoni bo’ldilar. Ular so’zlarini ajoyib salomlashishdan boshladilar. Bugungi kunga shukronalik keltirib, o’zining talabalik damlarini esladilar. 65 yil davomida biz kabi yoshlarga ilm berib pedagoglik faoliyatini yuritganini keltirdi va ilm olish qanchalik kerakligi, kitobning muqadddasligi va buyukligi to’g’risida fikr bildirdilar. “Kitob – bu barcha muallimlarning yechimi”, dedilar. O’zlarining talabalik davrida o’qigan kitoblari va uning qahramonlarini ham bizlarga hikoya qilib berdilar. Buyuk yozuvchilar, shoirlar, shu jumladan Qodiriy, Navoiy, Mashrab, Cho’lpon, Said Ahmad kabi ko’plab ajodlarimiz ijodiga to’xtalib o’tdilar.

Umarali Normatov o’zining ustozi Ozod Sharafiddinov bilan o’tgan vaqtlari va ustozining ijodi haqida ham to’xtaldi: “Ozod Sharafiddinov Qo’qon shahrining Qaynarbuloq qishlog’ida tug’ilgan. Ko’p yillar “Jahon adabiyoti” jurnalida bosh muharrir bo’lib ishlagan. O’sha davrda Ozod Sharafiddinovga “kitobsevar” emas “kitobxo’r” degan ibora ishlatilgan ekan”.

Yana bu inson bizning tilimizga, boyligiga e’tibor qaratishimizni so’rab, “Turkiy til bu – mislsiz til”, unda hatto 150 so’zdan ortiq gap tuzish mumkin” dedilar.

Shuningdek, Umarali Normatovga savol bilan murojaat etishdi: “Hozirgi kunda qanday asarlar o’qishni maslahat berasiz?”

Ustoz savolga hikoyalar deb javob berdi. Chunki, hikoyalar qisqa va shu bilan birga foydali, ko’p vaqt olmaydi. Bitta hikoyaning kuchi qancha-qancha qadamlarni yengillashtirishi mumkin. Bunga misol qilib “Bolakay” hikoyasini keltirdi. Bu hikoya butun Amerika davlatini ham larzaga solgan ekan.

Bundan tashqari Abdulla Qodiriyning “O’tgan kunlar” romani haqida fikr yuritdilar. Bu asar “Chorizm” istilosidan faryod qilib yozilgan va hozirga qadar o’z qimmatligini yo’qotmagan.

Umarali Normatov biz, yoshlarni yana bir bor kitob bilan yaqinlashtirdilar va barchaga sog’lik-salomaltlik tilab o’z so’zlarini yakunladilar.

Sarvinoz Nurmatova

Qurilish fakulteti talabasi

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi