E’LON!!!

Joriy yilning 3 dekabr kuni institut test markazida 11-00 dan 14-20gacha O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” mavzuida TTYMI professor-o‘qituvchilari va talabalari o‘rtasida tanlov tashkil etilmoqda.

                                                                                    Tanlov shartlari:

Professor-o‘qituvchilar uchun:

1-bosqich – test sinovlari (test savollari O‘zbekiston Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim-tarbiyaga oid Farmon va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Harakatlar strategiyasidan iborat bo‘ladi). Test sinovlaridan 50 %dan yuqori ball to‘plagan nomzod 2-bosqichga qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

2-bosqich – esse yozish ( berilgan 10 ta mavzudan bittasi bo‘yicha 2 varaqda). Essedan 50 %dan yuqori ball to‘plagan nomzod 3-bosqichga qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

3-bosqich – og‘zaki blits savol-javob

Talabalar uchun:

1-bosqich – test sinovlari ( test savollari O‘zbekiston Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim-tarbiyaga oid Farmon va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Harakatlar strategiyasidan iborat bo‘ladi). Test sinovlaridan 50 %dan yuqori ball to‘plagan nomzod 2-bosqichga qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

2-bosqich – esse yozish (berilgan 10 ta mavzudan bittasi bo‘yicha 2 varaqda). Essedan 50 %dan yuqori ball to‘plagan nomzod 3-bosqichga qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

3-bosqich –  og‘zaki blits savol-javob.

TAQDIRLASH:

1-o‘rin – g‘oliblariga changyutkich

2- o‘rin – g‘oliblariga mikroto’lqinli pech

3-o‘rin – g‘oliblariga dazmol

Ishtirok etish istagida bo‘lganlar “Ijtimoiy gumanitar fanlar” kafedrasi assistenti Begzod Malikovga murojaat etishlari mumkin Tel.:97.470-56-64

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi