Do’stlik g’alaba qozondi

Talabalarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, iste’dodlarini yuzaga chiqarish maqsadida BXA 37 va BXA 39 – guruh talabalari o‘zaro bellashdi. “Oltin kuz” deya nomlanuvchi mazkur tanlovda guruhlar 5 ta shart asosida o’zaro bellashdi:

1 shart. Kuz fasliga she’riy tarzda ta’rif berish

2 shart. Kuz fasliga oid atamalar bilan so’z o’yini

3 shart. Kim chaqqon (qovun kesish)

4 shart. Kim tez qovun yeyish

5 shart. Devoriy gazeta va ta’riflash

Shartlarni murabbiylar kengashi raisi Feruza Ma’murova, kasaba uyushma qo’mitasi boshlang’ich tashkilotidan Dilbar Qodirova, “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi mudiri Ayjan Jumanovalardan iborat hakamlar hay’ati baholab bordi. Ushbu shartlarni har ikkala guruh ham a’lo darajada bajardi va do’stlik – g’olib deb topildi.

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi