TTYMIda prorektorlar uchun seminar o’tkazildi

Institut anjumanlar zalida oliy ta’lim muassasalarining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektorlari uchun amaliy seminar bo’lib o’tdi.

Seminar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 – yil 5 – iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori (shuningdek, Prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Q.Quronboyevning topshirig‘i) ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan seminar ishida talaba-yoshlar bandligini ta’minlashdagi asosiy muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari, oliy ta’lim muassasalarida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektorning hamkorlikdagi faoliyatini tashkil etish, notiqlik san’atining boshqaruvdagi ahamiyati, diniy ekstremizmning jamiyat barqarorligiga tahdidi, boshqaruv psixologiyasi, oliy ta’lim muassasasida yoshlar haftaligini tashkil etishga bag’ishlangan ma’ruzalar tinglandi.

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi