Konstitutsiya – farovon hayotimiz poydevori

Ayni damlarda institut faollar zalida O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – farovon hayotimiz poydevori” nomli tantanali tadbir boshlandi.

Unda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, institut rektori, prorektorlar, dekan va dekan muovinlari, professor-o’qituvchilar, ishchi-xodimlar, talabalar  hamda markaziy temiryo’lchilar madaniyat saroyi “Nihol” ansambli  ishtirok etmoqda.

Tadbirda bosh qomusimiz haqidagi ma’ruza, badiiy chiqishlar, turli tanlovda g’olib bo’lganlarni taqdirlash ko’zda tutilgan.

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi