Profilaktik tadbirlar davom etmoqda

Toshkent temir muhandislari institutida Elektromexanika fakulteti tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 – yil 19 – sentabrdagi “Terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini jinoiy javobgarlikdan ozod etish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmonining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan uchrashuv o’tkazildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Rahbar kadrlar tayyorlash fakulteti tinglovchisi, kapitan A.B. Akbarov, O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Rahbar kadrlar tayyorlash fakulteti tinglovchisi, mayor B.SH. Usmonjonov, Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo’limi huquqbuzarliklar profilaktikasi bo’limi inspektori, kapitan U. To’ychiyev mavzu yuzasidan ma’ruza qildi.

Mamlakatimizda diniy bag‘rikenglik va vijdon erkinligini ta’minlashga, shuningdek, yoshlarni terroristik, ekstremistik va boshqa buzg‘unchi g‘oyalar ta’siridan samarali himoya qilishga qaratilgan, jamiyatda ijtimoiy – ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Natijada birgina 2017 – yilda 18 mingdan ziyod sodir etgan qilmishiga pushaymon bo‘lgan hamda tinch turmush – tarziga qaytgan fuqarolar terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar faoliyatida ishtirok etishga moyil bo‘lgan shaxslar ro‘yxatidan chiqarilgan, ularning 10 mingdan ziyodiga ish bilan ta’minlash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda amaliy yordam ko‘rsatilgan, terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida bo‘lgan, o‘z qilmishining huquqqa xilofligini anglab yetgan va tuzalish yo‘liga o‘tgan fuqarolarga Vataniga, oilasi bag‘riga, tinch hayotga qaytish imkoni berildi.

Tadbirda so’zga chiqqanlar shular xususida batafsil to’xtaldi. Ma’ruzalardan so’ng talabalar o’zini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga murojaat etdi va batafsil javoblar oldi.

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi