MURABBIYLAR 2019-YiLNi QANDAY BOShLADI ?

Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida joriy yilning 8-9 yanvar soat 11-00 Qurilish fakulteti professor-o‘qituvchilari va guruh murabbiylari uchun seminar tashkil etildi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 22 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi talaba-o‘quvchilarining har yilgi qishki ta’tili to‘g‘risida”gi PF-517-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 24 dekabrdagi 59-son bayoni hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 21 dekabrdagi 1042-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash, qolaversa, institutda ma’naviy ahloqiy ta’rbiya jarayonini samarali tashkillashtirish, talaba yoshlar orasida olib borilayotgan ta’lim tarbiya ishlarini kuchaytirish va guruhda murabbiylik faoliyatini takomillashtirish mavzusida amaliy seminar tashkil etildi.

Institut prorektori Dilshod Baratov tomonidan ta’lim muassasida ma’naviy ahloqiy    tarbiya jarayonini samarali tashkillashtirish, talaba-yoshlar orasida olib borilayotgan ta’lim – tarbiya ishlarini kuchaytirish va guruhda murabbiylik faoliyatini takomillashtirish, kamchiliklarni bartaraf etish choralari tahlil qilindi.

Professor-o‘qituvchilar tomondan “Prezident farmoni va qarorlari, nutqlari hamda normativ me’yoriy huquqiy hujjatlarining mazmuni, mohiyati faoliyatni tashkil etishdagi kamchiliklar va ularni bartaraf etish choralari”, “Talabalar bilan psixologik induvidual intelektini rivojlantirish” kabi ma’ruzalar tinglandi.

Seminarning amaliy qismi 6 guruhga ajratilib, belgilangan vazifalar aks etgan mavzularga doir taqdimotlarini namoyish etdi. Muvaffaqiyatli ishtirok etgan professor-o‘qituvchilari va guruh murabbiylarga sertifikat va estalik sovg‘alar  topshrildi.

 

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi