MENING DO‘STIM – VATAN HIMOYACHISI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2018 yil 13 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 27 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan mamlakatimizda o‘tkazilayotgan Vatanparvarlik oyligi doirasida Toshkent temir yo‘l muxandislari instituti  hamda Toshkent axborot texnalogiyalari Nukus filiali hamkorligida 9 yanvar 10:00 da 7531-harbiy qism muddatli harbiy xizmatchilari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida yashovchi harbiy xizmatchilarning ota-onalari, yaqinlari va do‘stlari ishtirokida “Mening do‘stim – Vatan himoyachisi” mavzusida to‘g‘ridan-to‘g‘ri videokonferensiya tashkil etildi.

Videokonferensiya ochilishini Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti prorektor Dilshod Baratov hamda Toshkent axborot texnalogiyalari universiteti Nukus filiali direktor o‘rinbosari Xayratdin Seytkamalov ochib berdi va moderatorlik qiladi.

Videokonferensiyada 7531-harbiy qism muddatli harbiy xizmatchilari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida yashovchi harbiy xizmatchilarning ota-onalari va yaqinlari va do‘stlari bilan onlayn muloqot qilishga ega bo‘lishdi.

Askarlar ota – onalariga harbiy qismlarda yaratilayotgan sharoitlar, milliy armiyamizning bugungi imkoniyatlari haqida gaprib berdi.

– Mamlakatimizda barpo etilgan professional milliy armiyamizda askar bo‘lish va Vatanimizga sadoqat bilan xizmat qilish, shu yurtda yashayotgan har bir er yigit uchun shon-sharaf, faxr-iftixorga aylangan desam mubolog‘a bo‘lmaydi, – deydi 7531-harbiy qism muddatli harbiy xizmatchisi oddiy askar qoraqalpog‘istonlik Alpamis Tinibaev. – Xizmatda erkishining yurti ota-onasi oldidagi ulkan mas’uliyati nimalardan iborat, degan haqli savolga javob topdim. Qolaversa, xizmatda tartib – intizom, kuchli irodali bo‘ldim. Prezidentim, ota-onamning yuksak ishonchini oqlab, Ona vatanimiz tinchligi va osudaligini asrash yo‘lida bor kuch g‘ayratimni ayamayman.

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi