MANGULIKKA DAXLDOR SHAXS

Toshkent temir yo‘l muhandislar institutida joriy yilning 21 yanvar 11:00 da Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tavvalud kuning 81 yilligiga bag‘ishlab « Islom Karimov – O‘zbekiston mustaqilligi va taraqqiyotining asoschisi» mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati, Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi, Islom Karimov nomidagi xayriya jamoat fondi, Toshkent temir yo‘l muhandislar instituti hamkorligidagi davra suhbatda Birinchi Prezidentimiz rafiqasi Tatyana Karimova, ilm – fan  arboblari, taniqli yozuvchi va shoirlar, tarixchi olimlar, professor – o‘qituvchilar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

 

Davra suxbatida so‘zga chiqqanlar Islom Karimovning mashaqqatli umr yo‘li, uzoq yillik rahbarlik faoliyatini yodga oldilar. Uning Vatanimiz oldidagi fidoiy mehnatlarini, eng og‘ir damlarda ham farzanlik burchini munosib ado etganini, xalqimizning orzu – umidlari va ertangi kuni uchun yashagan chin o‘zbek farzandi bo‘lganini ta’kidlab o‘tadi.

Muhtaram Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev ta’biri bilan aytganda “Islom Karimov o‘zining Prezident sifatidagi  butun hayot va faoliyatini yurtimizda yangi davlat, yangi jamiyat barpo etish, mustaqilligimizni mustahkamlash, o‘zbek nomini, O‘zbekiston nomini butun dunyoga tarannum etishdek ulug‘ maqsadga bag‘ishladi. Xalqimiz mamlakatimizda istiqlol yillarida amalga oshirilgan ulkan o‘zgarishlarni haqli ravishda birinchi Prezidentimiz nomi bilan bog‘laydi”. SHu ma’noda mamlakatimiz aholisi ayniqsa navqiron avlodni uning hayoti va faoliyati bilan yaqindan tanishtirish bugun alohida kasb etadi.

Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti rektori, professor Ma’rufjon  Rasulov  Tatyana.Karimovaga institut faxriy yorlig‘ini va majmua rahbariga “Oqsaroy” muzeyi uchun esdalik topshirish.

Islom Karimov hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglandi.

Tadbirda “O‘zbekiston temir yo‘llari” hujjatli filmi namoyish etildi.

Ishtirokchilar  tadbir so‘ngida estalik uchun suratga tushdi.

 

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi