VATAN HIMOYASI – MUQADDAS BURCH

Toshkent temir yo‘l muhandislar instituti va Mirobod tumani hokimyati hamkorligida 11 yanvar  soat 11:00 da o‘tkazilgan tadbir ana shunday nomlandi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2018 yil 13 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 27 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan mamlakatimizda o‘tkazilayotgan Vatanparvarlik oyligi doirasida o‘tkazilgan tadbirda professor – o‘qituvchilar, muddatli harbiy xizmatchilar, turli tashkilot va idoralar xodimlari, ommoviy axborot vositalari xodimlari va boshqalar ishtirok etdi.

 

Mamlakatimizda barpo etilgan professional milliy armiyamizning shakllanish jarayoni mustaqillik tarixi bilan chambarchas bog‘liqligi, hayotga tatbiq etilgan keng ko‘lamli islohotlar samarasi bugungi kunda askar bo‘lish va ona Vatanimizga sadoqat bilan xizmat qilish navqiron avlod uchun shon-sharaf, faxr-iftixorga aylangan.

 


Tadbirda so‘zga chiqqanlar istiqlol yillarida yurtimizda tinchlik hamda barqarorlikni ishonchli himoya qilishga qodir, zamonaviy talablarga javob beradigan, ixcham, moddiy-texnika bazasi tubdan yangilangan, yuksak jangovar ruhga ega milliy armiyamiz barpo etilgani, harbiylarimiz Vatan himoyachisidek yuksak mas’uliyatni munosib ado etayotganini e’tirof etdi. Shu bilan birga yurtimizda hukum surayotgan tinch va osoyishta kunlarimizni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, qadriga etish, mustaqilligimizni halol va fidoyi mehnat bilan mustahkamlash nafaqat harbiylar, balki yurtimizdagi har bir fuqarolarning azaliy burchi.

 

– O‘z kasbiga sadoqatli harbiylarimizning mashaqqatli mehnatini e’tirof etish, shu bilan birga, navqiron avlodda vatanparvarlik, istiqlol g‘oyalariga sadoqat, shukronalik tuyg‘ularini mustahkamlashda bu kabi tadbirlar muhim ro‘l o‘ynaydi, – deydi Toshkent temir yo‘l muxandislari instituti prorektori Dilshod Baratov. – Shu boisdan ta’lim maskanlari, mahallalar, mehnat jamoalari, turli korxona va tashkilotlarda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tashkil etilayotgan tadbirlarga harbiylar bilan birga yoshlarni keng jalb etishga alohida e’tibor qaratmoqdamiz.

 

Tadbirda  san’atkorlar tomonidan Vatan, tinchlik, jasorat va onani ulug‘lovchi kuy-qo‘shiqlari yig‘ilganlarga quvonch baxsh etdi.

 

 

 

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi