VATAN HIMOYASI – SHARAFLI BURCH

Bugungi kunda milliy armiyani isloh etish, uning mudofaa salohiyatini oshirish, mamlakat suverenitetini himoya qilish, sarhadlar daxlsizligi va xalqning tinch-osuda hayotini asrab-avaylash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2018 yil 13 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 27 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishi hamda 14 yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Toshkent temir yo‘l muxandislari instituti  hamda Toshkent axborot texnalogiyalari Nukus filiali hamkorligida 10 yanvar 10:00 da “Mening do‘stim – Vatan himoyachisi” shiori ostida 7531-harbiy qism muddatli harbiy xizmatchilari va Xorazm viloyatida yashovchi ota-onalar, do‘stlari, yaqinlari ishtirokida to‘g‘ridan-to‘g‘ri videokonferensiya tashkil etildi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, mustaqillik yillarida yurtimizda barcha talablarga javob beradigan, tezkor va harakatchan, tashkiliy jihatdan mukammal, zamonaviy qurol-yarog‘ va texnikaga ega milliy armiyamizni barpo etish yo‘lida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Buning samarasida bugun harbiy xizmat nafaqat burch, balki sadoqat, matonat va jasorat maktabiga, tom ma’nodagi sharafli ishga, milliy armiyamiz yurtimiz hududiy yaxlitligi va xalqimiz osoyishtaligining ishonchli kafolatiga aylandi.

– Yurtimizda hukum surayotgan tinch va osoyishta kunlarimizni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, qadriga etish, mustaqilligimizni halol va fidoyi mehnat bilan mustahkamlash nafaqat harbiylar, balki yurtimizdagi har bir fuqarolarning azaliy burchi, – deydi Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti prorektor Dilshod Baratov. – Inson qachon o‘zini baxtli his etadi? Qachonki, o‘z kasbiga mehr qo‘ysa, sevsa, sadoqat bilan ishlasa, o‘zini baxtli his etadi. Shu Vatanda yashayotgan har bir inson tanlagan sohasida sidqidildan mehnat qilar ekan, mamlakatimiz yuksalaveradi.

Tadbirda havaskor san’atkorlar tomonidan Vatan, tinchlik, jasorat va onani ulug‘lovchi kuy-qo‘shiqlari yig‘ilganlarga quvonch baxsh etdi.

 

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi