HARBIYLAR BELLASHGANDA

Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida Yoshlar ittifoqi BT, “Ma’naviyat va ma’rifat” va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi hamda “Ijtimoiy gumanitar fanlar” kafedrasi  tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 27 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoyishi ijrosi doirasida “Harbiylar bellashganda” nomli ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda institut prorektor D.Baratov, “Ma’naviyat va ma’rifat” va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i F.Azimov, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi “O‘TY” AJdagi Etakchilar  Kengashi raisi o‘rinbosari O. Sadriddinov, 7531-harbiy qism Qurol yarog‘ xizmati boshlig‘i A.Jo‘raev, talabalar shaharchasi direktori M.N. Masharipov, professor-o‘qituvchilar hamda talaba- yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad yoshlarimizda vatanparvarlik, fidoyilik, mardlik, yurtga sodiqlik kabi fazilatlarni shakllantirish va yanada mustahkamlash;  yosh avlodni ma’naviy barkamol qilib tarbiyalash, ularda davlatchiligimiz tarixi bilan bog‘liq bilim-ko‘nikmalarni oshirish, xalqimizning asrlar davomida istiqlol uchun olib borgan kurashlarini targ‘ib qilish va ularda buyuk ajdodlarimiz bilan faxrlanish tuyg‘usini kuchaytirish; yigit – qizlarni vatanparvarlik va elga sadoqat ruhida tarbiyalash;  muddatli harbiy xizmatni o‘tab, institutga o‘qishga qabul qilingan talabalar orasida Yoshlar ittifoqi BT ta’sirini kuchaytirish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish va mamlakatimiz taraqqiyoti yo‘lida birlashtirishdan iborat.

Fakultetlararo o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovda 4 ta jamoa ishtirok etdi.

  1. Tashishni tashkil etish va transport logistikasi fakultetining “Lochinlar” jamoasi.
  2. Elektromexanika fakultetining “Burgut” jamoasi.
  3. Qurilish fakultetining “Jasorat”jamoasi.
  4. Iqtisodiyot fakultetining “Qalqon” jamoasi.

Ko‘rik-tanlovda jamoalar 2 ta shart bo‘yicha bellashdi.

1-shart: (Tanishtiruv) “Harbiy xizmat ko‘nikmalari!” deb nomlandi.Bu shartda ishitirokchilar Harbiy xizmatni o‘tash davridagi xarbiy ko‘nikmalarini va saf tayyorgarligini qay darajada o‘zlashtirganliklarini, harbiycha salom berish, safdan chiqish va safga qaytish, boshliqning oldiga borish va uning oldidan ketish, safda qo‘shiq kuylab o‘tish yuzasidan o‘z tayyorgarliklarini namoyish qildilar.


2-shart (savol-javob).” Bilimi zo‘r mingni yiqar!” shiori ostida bo‘lib o‘tdi. Unda jamoalarga jangovor va ijtimoiy-siyosiy tayyorgarlik, Yoshlar ittifoqi BT oid savollar berildi. Savollarga javob berish uchun har bir jamoaga 3 daqiqadan vaqt ajratildi. Belgilangan vaqtda savollarga eng ko‘p va to‘g‘ri javob bergan jamoa ishtirokchisi g‘olib deb topildi.

Ikkta shart orasida Institut “NB” jamoasi tomonidan QVZ tanlovidan parchalar namoyish etildi.Tanlovda  “Qalqon”  jamoasi birinchi; “Lochinlar” ikkinchi; fakultetining “Burgut” jamoasi uchinchi; “Jasorat” jamoasi to‘rtinchi o‘ringa sazavor bo‘lishdi.

Tanlovning barcha ishtirokchilari institut Yoshlar ittifoqi BT hamda institut Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi