OSOYISHTALIK UCHUN BARCHAMIZ MAS’ULMIZ

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent temir yo‘l muhandistlari institutid hamda akademik litseyi O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlar bo‘yicha Qo‘mita hamda O‘zbekiston Musulmonlar idorasining hududlardagi vakilligi bilan hamkorligida joriy yilning 29yanvar kuni soat 14:00 da “Tinchlik – eng oliy ne’mat ”, “Islomda – ekstromizm va terorizmga o‘rin yo‘q” mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda sohaviy xizmatlar mas’ul xodimlari, diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilar, ma’naviyat targ‘ibotchilari davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, professor – o‘qituvchilar, talabalar ishtirok etgan tadbirda yoshlarni turli tahdidlardan himoya qilish, ularda yurt ravnaqiga daxldorlik hissini tarbiyalash yuzasidan olib borilayotgan ishlar, diniy ekstremizm mafkurasi tarqalishining oldini olish borasida qilinishi zarur bo‘lgan dolzarb vazifalar belgilab olindi.

Darhaqiqat, bugungi kunda dunyoda sodir bo‘layotgan ayrim noxush voqealar, radikalizm, terrorizm va ekstremizm kabi tahdidlarning kuchayib borayotgani shuni taqozo etadi. Xalqimiz qo‘lga kiritayotgan ulkan yutuqlarga o‘z-o‘zidan erishilayotgani yo‘q. Mamlakatimizning tarixan qisqa davrda bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘li, bu yo‘lda qo‘lga kiritilgan, dunyo hamjamiyati tomonidan tan olinayotgan yutuq va marralarimizga qanday sinov va mashaqqatlar evaziga erishilganini yurtdoshlarimiz yaxshi anglaydi. Shu bois tinchlikni ko‘z qorachig‘idek asrash dolzarb masalalardan hisoblanadi.

 

Qolaversa, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish, ularni turli mafkuraviy xavf-xatarlardan asrash, yot illatlarning mudhish oqibatlaridan ogoh etish, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, bilim va salohiyatini yuzaga chiqarish masalalariga alohida e’tibor qaratilayotir.

Davra suhbatida jahon hamjamiyatini tashvishga solayotgan voqealar, xususan, diniy ekstremistik oqimlar xatti-harakatlaridan yoshlarni ogoh etish, mafkuraviy sog‘lom immunitetni kuchaytirish, bu sohada jamoatchilik ishtirokini yanada faollashtirish masalasi muhokama etildi. O‘g‘il-qizlarni o‘z yovuz niyatlari ortidan ergashtirishga urinayotgan kuchlar va ularning asl maqsadi haqida batafsil ma’lumot berilib, tarbiyaviy, targ‘ibot-tushuntirish ishlarini yanada kuchaytirish zarurligi qayd etildi

– Internet tarmog‘i orqali tarqatayotgan mafkuraviy xuruji har qanday sog‘lom fikrli kishini tashvishga soladi, – deydi Toshkent temir yo‘l muhandistlari instituti propektori Dilshod Baratov. – Bunday xavfli xurujlardan aholi, ayniqsa, yoshlarni ogoh etishga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan   tushuntirish- targ‘ibot ishlarida internetdagi ayrim saytlarda tarqatilayotgan turli buzg‘unchi g‘oyalarning asl mohiyatini yoshlarimizga keng tushuntirish, ularga qarshi kurashish ishlarini yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlanayapti.

Davra suhbatida yoshlarni bu illat girdobiga tushib qolmasligi uchun amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini yanada oshirish masalalari muhokama etildi.

Uchrashuv davomida talaba -o’quvchilar bilan savol javob o’tkazildi. Eng ma’noli va dolzarb savollar bergan talabalarga prorektor D.X. Baratov tomonidan estalik sovg’alar topshirildi.

 

 

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi