PROFILAKTIK TARG‘IBOT ISHLARI KUCHAYTIRILMOQDA

Toshkent temir yo‘l muhandistlari institutida  Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamkorligida joriy yilning 31 yanvar kuni soat 14:00 da yoshlarning huquqiy bilimini oshirish, ular tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish masalalariga bag‘ishlanga “Yoshlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashamiz!”, “Biz huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga mas’ulmiz!” mavzusida profilaktik tadbir tashkil etildi.

Unda huquq-tartibot idoralari vakillari, professor-o‘qituvchilar, talabalar ishtirok etdi.

Mamlakatimizda navqiron avlodning har tomonlama sog‘lom va barkamol ulg‘ayishi, jamiyatda munosib o‘rin topishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.

Davra suhbatida, mamlakatimizda yosh avlod istiqboli yo‘lida ko‘rsatilayotgan cheksiz mehr va e’tibor, O‘zbekiston Respublikasining “Voyaga etmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonuni mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

 

O‘quvchi-yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning profilaktikasini kuchaytirish, ayniqsa, o‘smir o‘quvchilarining bo‘sh vaqtini to‘g‘ri tashkil etish, ularni milliy hayot tarzimiz, mentalitetimizga zid mafkuraviy g‘oya va tahdidlardan ishonchli himoyalashga oid bir qator loyihalarni hayotga tatbiq etmoqda.

 

– Yoshlarni internet-kafelar, klublar, turli ko‘ngilochar maskanlardan himoyalash, tarbiyasi og‘ir bo‘lgan o‘smirlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlash maqsadida “Ogohlik – davr talabi”, “Biz – illatlarga qarshimiz!”, “Yoshlar – sog‘lom turmush tarafdori!”,   mavzularida davra suhbatlar va aksiyalar o‘tkazib kelmoqdamiz – deydi S. Zayniddinov – Olib borilayotgan tushuntirish, targ‘ibot ishlarimiz zamirida yoshlarning Vatan taqdiriga daxldorlik tuyg‘usini tobora kuchaytirish, jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga yaqindan ko‘maklashishdan iborat.

 

Tadbirda, ta’lim maskanlaritalabalari, huquq-tartibot idoralari, psixologlar, ma’naviyat targ‘ibotchilari bilan uzviy hamkorlik natijasida yoshlar o‘rtasida turli huqubuzarliklar, kashandalik, giyohvandlikning oldini olishda ijobiy natijalarga erishlayotgani qayd etildi.

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi