PROREKTORLAR TALABALAR MUROJJATLARINI TINGLADI

Toshkent temir yo‘l muhadislari instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.A. Gulamov, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor D.X. Baratov Elektromexanika fakulteti 4-bosqich talabalari bilan O‘quv jarayoniga to‘sqinlik qiluvchi omillar, institut ichki tartib va odob ahloq qoidalarning buzilishi holatlarining oldini olish, chet elda o‘qish imkoniyatlar bo‘yicha axborot va boshqa masalalarga bag’ishlangan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvni kun tartibini bayon etish bilan  fakultet dekani Y.O. Ruzmetov ochib berdi va taklif etilgan prorektorlarga so‘z navbatini berdi.

Uchrashuv erkin tarzda bo‘lganligi boiz prorektorlar o‘zlarining yo‘nalishlari bo‘yicha talaba-yoshlarda mavjud muammo va takliflarni bayon etishlarini so‘rashdi.

 

Talabalar tomonidan o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorga chet tili va rus tillarini chuqurlashtirilgan holda, maxsus fanlarni 2- bosqichdan ko‘proq o‘tilishini, dars jarayoni 8-30 boshlanishini, darslar ko‘proq o‘quv laboratoriyalarda va  ishlab chiqarish maskanlarida bo‘lishini, zamonaviy texnik jihozlangan xonalarda darslarning o‘tilishini, chet davlatlarda o‘qish tartibi bo‘yicha murojjat qilishdi.

 

O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor tomonidan “El yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan chet elda ta’lim olish jarayoni va imkoniyatlari haqida talabalarga keng ma’lumot berib o‘tildi. Talabalar tomonidan berilgan takliflar bo‘yicha o‘z fikrini bildirdi va imkoniyat qadar takliflarni o‘rganib amaliyotda qo‘llanishini bildirdi.

 

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor D.X. Baratovga esa ta’lim muassasamizning laboratoriya binosida o‘quv anjomlari do‘konini ochilishini, bufetlarning kengaytirilishini,  sun’iy  futbol maydonchasidan foydalanishni, talabalar turar joylarining kengayishi bo‘yicha takliflar bildirildi.

 

Talabalar tomonidan berilgan taklif va iltimoslar bo‘yicha aniq va ravon javoblar berdi,  imkoniyat qadar takliflarni o‘rganib murosaga keltirishni bildirdi. Talabalardan kattalarni hurmatini joyiga qo‘yib doimo salom berib yurishlarini, institut ichki va odob ahloq qoidalariga amal qilishlarini iltimos qildi.

 

Uchrashuv rahbar va talaba-yoshlarni bir-birlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashga va kamchiliklarni bartaraf etishga, kelajakda ulardan yaxshi kadr chiqishlariga imkoniyat yaratadi.

 

 

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi