YOSHLAR JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHMOQDA

 

Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida Mirobod tumani hokimligi tomonidan “Yoshlar orasida huquqbuzarliklarni oldini olish” va “Uyushgan jinoyatchilikni kelib chiqish holatlari profilaktikasi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

 

 

Tadbirda Mirobod tumani xokimi, professor – o‘qituvchilar, Yoshlar ittifoqi BT, institut talabalari, Mirobod tumani Sanoat kasb hunar kolledji o‘quvchilari, Mirobod tumanidagi 147-, 31-,294-, 214 umumta’lim maktablari o‘qituvchi va o‘quvchilari huquq targ‘ibot idora xodimlari ishtirok etdi.

Mirobod tumani xokimi  SH. Po‘latov, Mirobod tumani DXX rahbari, Z.Maxmudov va boshqalar mamlakatimizda har hafta payshanba kuni o‘tkazilayotgan profilaktika tadbirlari joylarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ta’lim muassalarida tinchlik – osoyishtalikni mustahkamlashga xizmat qilayotganini e’tirof etdi.

 

Mirobod tumanida ham profilaktika tadbirlari doirasida davlat va jamoat tashkilotlari, ta’lim muassalari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkoligida ta’lim muassalarida voyaga etmaganlar bilan suhbatlashish, har bir jinoyatni keng muhokama qilish, ijtimoiy ma’naviy muhit yanada sog‘lomlashishi borasida tushuntirish targ‘ibot ishlari amalga oshirilmoqda.

Yoshlar va voyaga etmaganlar o‘rtasida jinoyatchilika huquqbuzarliklarning oldini olish ham muhim vazifalardan. Tumandagi ta’lim muassalaridagi “Davomat” tadbirlari o‘tkazilib, darsga kelmayotgan o‘quvchilar hamda ularning ota onalari bilan suhbatlashilmoqda, farzandlarining o‘quv muassasiga muntazam kelishini ta’minlamayotgan ota-onalarga nisbatan ma’muriy jazo choralari qo‘llanilmoqda.

 

– Ammo, ba’zi oilalarda ota-onalarning mas’uliyatsizligi, jamoatchilikning e’tiborsizligi tufayli, ayrim hollarda yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar sodir etilmoqda, – deydi Mirobod tumani IIBB boshlig‘i M.Miralimov. – Jumladan, 2018 yil davomida voyaga etmaganlar o‘rtasida 4 marotaba jinoyatchilik sodir etilganligini,  2019 yil boshlanganiga 1 oy-u 4 kun ichida esa 2 marotaba jinoyatchilik sodir etilayotgani, jinoyatni sodir etgan yoshlar hali voyaga etmasdan turib o‘z hayotlarini barbod etayotganliklarini   ayanchli albatta. Voyaga etmagan va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish maqsadida haftaning har payshanbasida keng jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan profilaktika tadbirlariga psixologlar ham jalb qilinib, ta’lim muassalarida davra suhbatlari tashkil etilmoqda. Shuningdek, Maktab, Kasb hunar – kollejlarida “O‘smir”, “Tig‘”, va “Davomat” tadbirlari muntazam o‘tkazilib, tarbiyasi og‘ir, nosog‘lom muhitda o‘sayotgan  o‘quvchilar  bilan alohida ish olib borilmoqda. Zero, bir bolani dunyoga keltirib, voyaga etkazish mashaqqatini har bir ota- ona yaxshi tushunadi.

Tadbir so‘ngida “Tig‘ va uning salbiy oqibatlari” nomidagi videorolik namoyishi etildi.

 

           

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi