YOSHLAR JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHMOQDA

O’zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 9-fevral kuni Ichki ishlar organlari faoliyati, tizimda mavjud muammo va kamchiliklar, istiqboldagi vazifalarga bag’ishlangan videoselektor yig’ilishda O’zbekistonda har haftaning payshanba kunini “Jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika kuni” deb e’lon qildilar.
Va shu ondan buyon to hozirgacha payshanba kuni profilaktik chora-tadbirlar kuni deya ta’riflanadi. Bugun 19.02.2019.sanasida 5-TTJda “Jinoyatchilikka qarshi kurash” mavzusida G.B.Tilavbayeva boshchiligida davra suhbati tashkil etildi. G.B.Tilavbayeva talaba qizlarimizga jinoyatchilikning mudhish voqealarga sabab bo’lishini misollar yordamida tushuntirib berdi. Atrof-muhitimizda sodir bo’layotgan voqealarga befarq bo’lmaslikni, vatanni ota-onadek sevib, unga loyiq kadr bo’lib yetishish zarur ekanlik to’g’risida o’zlarining qimmatli maslahatlarini berdi. Davra suhbati davomida talaba qizlarimiz ham o’zlarining fikrlarini bildirdilar.

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi