VATANPARVAR FIDOIYLARI DOIMO E’ZOZDA

 

Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida joriy yilning 15 yanvar kuni Vatanparvar fidoyilar doimo e’zozda” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Chernobil vokeasi ishtirokchisi, “MKT” katta o‘qituvchisi A.M. Hakimov, Afg‘onistonda xizmat o‘tagan harbiy, “BSIQ” kafedrasi dotsenti U.J. Turg‘unbaev,  “Ma’naviyat va ma’rifat” va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i F.K. Azimov va bo‘lim xodimlari  hamda talabalar ishtirok etdi.

Tadbirdan ko‘zlangan       maqsad O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari A.Abdulxakimovning 2019 yil 5 yanvar 14-25/1-4047-sonli O‘zbekiston  Respublikasi “VETERAN” jangchi-faxriy va nogironlari Birlashmasining  25 yilligini nishonlashga bag‘ishlangan tadbirlarni tayyorlash va o‘tkazish rejasini muhokama qilish bo‘yicha ishchi guruh majlisi qarori hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil 25 yanvardagi 172-NZ-sonli buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashdan iborat.

Uchrashuvni “Ma’naviyat va ma’rifat” va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i F.K. Azimov ochib berdi.

So‘z navbatini Chernobil voqeasi ishtirokchisi, “MKT” katta o‘qituvchisi A.M. Hakimovga berdi. O‘z nutqida Chernobil voqeasi insoniyat tarixidagi eng daxshatli yadro halokat hisoblanishini, Elektrostansiyadagi reaktorlarning portlashi texnik nosozlik natijasida kelib chiqqanligini, ammo halokatni o‘rgangan mutaxassislarning fikricha, agar tegishli mutaxassislar o‘z vaqtida chora ko‘rishganida uning oldini olish mumkin ekanligini, aynan halokat sodir bo‘lgan kun muhandislar 13 soatlab ishlashgan va charchaganlaridan reaktorlardagi haroratning oshib ketganiga ahamiyat qaratishmaganligini gapirib berdi. Shuningdek, domla hozirgi kunda O‘zbekistonda qurilayotgan elektrostansiyasining boshqa davlatlardagi atom stansiyalardan farqlari haqida, dunyoda mavjud atom elektrostansiyalarining zararlari haqida ma’lumot berib o‘tdi.

Keyingi so‘z navbati Afg‘onistonda xizmat o‘tagan harbiy, “BSIQ” kafedrasi dotsenti U.J. Turg‘unbaevga berildi. O‘z nutqida 1986 yilda institut tamomlab bir vagonda bitiruvchilarning hammasini Afg‘onistonga harbiy xizmatga olib ketishganligini, u erda o‘z ko‘zlari bilan ko‘rgan voqea-hodisalar haqida gapirib, tinchlikning qanchalik oliy ne’mat ekanligi haqida gapirib o‘tdi.

Muxtasar aytganda, bugungi kunda dunyoda sodir bo‘layotgan ayrim noxush voqealar, terrorizm va ekstremizm, radikalizm kabi tahdidlarning kuchayib borayotgani shuni taqozo etadi. Xalqimiz qo‘lga kiritayotgan ulkan yutuqlarga o‘z-o‘zidan erishilayotgani yo‘q. Mamlakatimizning tarixan qisqa davrda bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘li, bu yo‘lda qo‘lga kiritilgan, dunyo hamjamiyati tomonidan tan olinayotgan yutuq va marralarimizga qanday sinov va mashaqqatlar evaziga erishilganini yurtdoshlarimiz yaxshi anglaydi. Shu bois tinchlikni ko‘z qorachig‘idek asrash dolzarb masalalardan hisoblanadi.

 

 

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi