BIZNESGA ILK QADAM

Toshkent temir yo‘l muhandislar institutida joriy yilning 20 fevral 14:30 da “Biznesga ilk qadam” mavzusida seminar trening bo‘lib o‘tdi.Unda O‘zbekiston yoshlar tadbirkorligini qo‘llab quvvatlash markazi Toshkent shahar bo‘linmasi bosh mutaxassisi M. Toshev, bo‘lim mutaxassislari hamda  talabalar ishtirok etdi.

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining     2019 yil 12 fevral kungi №87-02-289 sonli xatiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi  yig‘ilishining 2019 yil 30 yanvardagi “Yoshlarga oid davlat siyosati amalga oshirish borasida olib borilayotgan ishlar samaradorligi yanada oshirish chora tadbirlari to‘g‘risidagi” bayoni (01-17/1-1593, 04.02.2019y) bilan tasdiqlangan “Yoshlarning bandligi ta’minlash, hayoti o‘z yo‘lini topishga qilinayotgan yoshlarni zamonaviy kasb-hunarlarga o‘rgatish xamda ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan tizimli ishlarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ” ning 20-bandida Yoshlar kelajagimiz davlat dasturi talabalar ishtirokini ta’minlash, ularning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishdagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash vazifasi ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

 

Seminardan ko‘zlangan maqsad yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga qiziqishlarini kuchaytirish, uyushmagan yoshlar hamda oliy ta’lim muassasalarini bitiruvchilarining tanlagan soxalarda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishni qo‘llab quvvatlash hamda yoshlarni tadbirkorlikga keng jalb etishdan iborat.

Kun tartibidagi masala yuzasidan institutning yoshlar etakchisi A.R. Sotvoldiev hamda O‘zbekiston yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash markazi mutaxassisi biznes trening X.J.Xasanov va markazning Toshkent shahar bo‘linmasi mutaxassisi J.Tuxtaev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yoshlar — kelajagimiz» Davlat dasturi to‘g‘risida 2018 yil  27 iyundagi PF-5466-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning O‘zbekiston respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar Strategiyasida belgilab berilgan yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish hamda yoshlar orasida tadbirkorlik faoliyatini boshlash va unda vujudga kelayotgan muammolar yuzasidan seminar treningda o‘z fikrlarini bildirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yilga “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish” yili deb nom berganlari ham oliy ta’lim muassasalarini bitirayotgan talaba yoshlar uchun o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘yishida dasturi amal vazifasini bajaradi.

Seminar trening davomida tadbirkorlikga qiziquvchan talaba yoshlarga  tadbirkorlik faoliyati xaqida hususan biznes reja tuzish, imtiyozli kreditlar olish, mablag‘ni to‘g‘ri taqsimlash, soliq to‘lash, daromad olish va undan foydalanish borasida keng tushunchalar berildi.

Tashkil etilgan seminarda yoshlar tomonidan bildirilgan savollarga mutaxassislar tomonidan ijobiy javoblar berildi.

Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi